300 dan ortiq ayollar va yoshlarga o’z bizneslarini yo’lga qo’yish uchun kerakli jihozlar topshiriladi

2-October, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

Koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyo bo’ylab ishsizlik darajasi oshib, aholi daromadlari keskinqisqardi. Pandemiyaning barcha sohalardagi salbiy oqibatlari ayollar va qizlarga, hamda aholining zaifqatlamlariga ko’proq ta’sir o’tkazmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, 60% ayollar iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyat yuritishadi, buesa o'z o'rnida ular uchun kambag’allashish xavflarini tug’diradi. Ayollar bu pandemiyadan eng ko’paziyat chekayotgan qatlam bo’lib qolmay, ular jamiyatlarda qayta tiklanishning asosiy bo’g’ini hamhisoblanishadi. BMT pandemiyaning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlaridan zarar ko’rgan kichik va o’rtadaromadli mamlakatlarga, hamda aholining ehtiyojmand guruhlariga ko’mak berish uchun choralarniko’rmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturibilan hamkorlikda yaqinda yo’lga qo’yilgan “COVID-19 va uning oqibatlari bilan kurashish bo’yichachoralar” dasturi doirasida mamlakatning pandemiyadan eng ko’p zarar ko’rgan hududlarida istiqomatqiladigan va daromadlarini yo’qotgan 300dan ortiq ayol va yoshlarni aniqladi. 

Dastur doirasida ijtimoiy muhtoj ayollar va yoshlarga yangi daromad manbalarini yaratadigan shaxsiyishlarini boshlashlari uchun kerakli jihozlar va texnika beg’araz yordam tariqasida taqdim etiladi. Mazkur loyiha BMTning Ko’phamkorli maqsadli jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Mahalla vazirligi tomonidan o’tkazilgan tahlillarga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Farg’ona vaQashqadaryo viloyatlari  koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz oqibatida eng ko’pishsizlik darajasi qayd etilgan hududlar deb topildi. Ushbu hududlarda joylashgan 30dan ortiqmahallalarda yashaydigan iqtisodiy yordamga muhtoj fuqarolar ro’yxati tuzildi. 

300 nafar kishining hammasi ayollar bo’lib, ulardan deyarli 86% ishsiz yoki norasmiy sektorda bandbo’lishgan va karantin choralari oqibatida o’z daromadlarini yo’qotishgan. Ro’xatdagi ayollarningo’rtacha yoshi 33 yoshda. O’z navbatida, ular orasida 30 yoshgacha bo’lgan 125 nafar yosh qizlar hammavjud.

Ayollarning 50% oilali bo’lib, ba’zi oilalar ko’p farzandli. 40 ga yaqin ayollar ajrashgan, 20dan ortig’i beva yoki o’z boquvchisini yo’qotgan. 12 nafar ayolning oilasida nogiron a’zosi bor yoki o’zi nogironlik guruhiga kiradi. Loyiha uchun tanlangan ba’zi ayollarning turmush o’rtoqlari chet elda, yoki ularning oilalari notinch hisoblanadi.

So’rov doirasida 200ga yaqin xotin-qizlar uylarida kichik tikuv sexlarini ochib, tikuvchilik bilan shug’ullanishga qiziqish bildirishdi. Ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi maxsus tikuv uskunalarini va qo’shimcha jihozlarini sotib olmoqda. Bundan tashqari, ishtirokchilar non mahsulotlari ishlab chiqarishga (makaron, non, bulochka), qandolatchilik, sartaroshlik, milliy hunarmandchilik va boshqa ishlar bilan shug’ullanishga xohish bildirishdi. Ushbu faoliyatlar uchun ham kerakli uskuna va jihozlar sotib olinadi.

BMT Taraqqiyot dasturi va vazirlik mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan ekspress tahlil natijalariga ko’ra talablar o’rganildi va 500 dona tikuv uskunalari, jumladan 189 ta sanoat va 205 ta maishiy tikuv mashinalari, overlok, to’qish va sirtmoqli mashinalar va boshqalar kerakligi aniqlandi. 180 dan ortiq mebellar, ya’ni bichish stollari, dazmollash taxtalari va boshqalar ham kerak.

Ayollar va yoshlarga tikuv asboblarini taqdim etishdan oldin, ular Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan BMTTD ko’magida tashkil etiladigan tikuv buyumlariga ishlov berish texnologiyalari va ularni yaratish bo’yicha bir oylik intensiv kursda qatnashadilar.