Nogironlikni aniqlashda xalqaro me'yorlarni qo'llash yo'lidagi yangi qadamlar

28-August, 2020

Images: UNDP Uzbekistan

Toshkent, 2020 yil 27-28 avgust kunlari Xalqaro faoliyat, sog'liq va nogironlik tasnifi (XFT) va Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning (NHTK) asosiy tamoyillari va tushunchalarini tushunish va o'zlashtirish bo'yicha birinchi onlayn amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi. Trening BMTning Ijtimoiy himoya bo’yicha qo’shma dasturi doirasida BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan 3-komponent tomonidan Tibbiy va mehnat ekspert komissiyasining (TMEK) 25 a'zosi uchun mo’ljallandi.

Nogironlik endi faqatgina tibbiy hodisa sifatida qabul qilinmaydi. XFT va NHTK nogironlikni hayotning vaqtinchalik bosqichi deb ta'riflaydi va uni baholashda nafaqat jismoniy jihatlarni, balki nogironlikni aniqlashning atrof-muhit omillarini ham hisobga olgan holda baholash kerak deb takidlanadi. Shunday qilib, XFT va NHTK me'yorlari mamlakatlarni tibbiy yondashuvdan voz kechishga va nogironlikni baholashda ijtimoiy modelga utishga undaydi.

Nogironlikni baholashning ijtimoiy modeli aholining ishlash darajasini kuzatishda, nogironligi bor insonlarni qamrab oluvchi ta'lim, ish bilan ta'minlash va kamsitishga qarshi kurash siyosatini ishlab chiqishda va nogironligi bor insonlar uchun imkoniyatlarning tengligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

(Foto: Kun.uz)

XFT va NHTK me'yorlarini qo'llash O'zbekistonning TMEK mutaxassislariga nogironlikni baholashda tibbiy usuldan ijtimoiy yondashuvga uzluksiz o'tishga imkon beradi. O'zbekiston ijtimoiy siyosatni, xususan nogironlik bilan bog'liq siyosatni isloh qilishga qiziqish bildirdi; xususan, nogironligi bor insonlarga nisbatan xalqaro standartlar asosida adolatli, inklyuziv, inson huquqlariga asoslangan va kamsitilmaslik siyosatiga e'tibor qaratdi. Shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi kunga qadar nogironlikka bo'lgan munosabat xayriyaviy tarzda edi. Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda, XFT va NHTK tamoyillarini yaxshiroq tushunishga erishish uchun TMEK mutaxassislarining bilim va ko'nikmalarini oshirish muhimdir

Shunday qilib, trening oxirida TMEK a'zolari XFT va NHTK tamoyillarini, shu jumladan, ijtimoiy va jismoniy muhitni baholashni o'z ichiga olgan nogironlikning yanada kengroq ta'rifidan foydalanishni yaxshiroq tushunishadi va malakaga ega bo'ladilar

Bundan tashqari, trening ishtirokchilari 2020-yilning sentabr oyida bo'lib o'tadigan ikkinchi mashg'ulotlar davomida birinchi mashg'ulotda olingan ko'nikmalarini va bilimlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Undan so'ng XFT va NHTK normalarini qo’llash bo’yicha TMEK a’zolari bilan birgalikda pilot tadbirlar bo’lib o’tadi.

____________________________________________________________________

Aloqa uchun: Najiba Khazratkulova, +998909257941, najiba.khazratkulova@undp.or