Sovun va niqoblar ishlab chiqarish orqali Qoraqalpog'istonda COVID-19 tarqalishini to'xtatamiz

12-August, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

COVID-19 pandemiyasi bizning kundalik hayot tarzimizni o'zgartirdi. Virusdan himoyalanish uchun Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti uyda qolish,  kamida ikki metr masofani saqlash, niqob taqish va qo'llarni tez-tez sovun bilan yuvish kabi maslahatlarni oldinga surdi.

COVID-19 butun O'zbekiston bo'ylab katta va kichik biznesga katta ta'sir ko'rsatdi: ba’zi tadbirkorlar o'z faoliyatini yangi sharoitga moslashtirishga majbur bo’ldi va shu bilan birgalikda o'z jamoatchiliklarini  qo'llab-quvvatlashni ham izchil davom ettirdi.

Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan BMTTD va UNFPAning Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” qo'shma dasturi tomonidan Qoraqalpog'iston hududlarida joylashgan korxonalarga COVID-19 ni tarqalishini kamaytirishda ko’mak ko’rsatmoqda.

Dastur "RAFAEL" xususiy korxonasini qo’shida kir yuvish sovunini ishlab chiqarish ustaxonasini joriy etishga yordam berdi va shu bilan birga Shumanay tumanida shaxsiy turar jo’ylar va jamoat binolarida gigiyenaga rioya qilinishini ta’minladi.

"RAFAEL" Xususiy korxona rahbari Dilbar Koshpanova o'z biznesini ovqatlanish va tikuvchilik xizmatlaridan yangi sharoitlarga moslashtirdi va mahsulotini "Bereket" savdo markasi ostida kir yuvish sovunini ishlab chiqarishga qo’l urdi. Qo’shma Dastur ko'magida kir yuvish sovunini ishlab chiqarish uchun zarur uskunalar sotib olindi. Endi korxona bir kunda 1000ta sovun mahsulotini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ldi. Ushbu ekologik toza sovun uylarda, shifoxonalarda va boshqa jamoat va xususiy joylarda qo'llanilmoqda.

Bundan tashqari, Qo'shma Dastur Taxtako'pir tumanida Ulbolsin Annabaeva rahbarligidagi "Rano-Sheber"tikuvchilik ustaxonasini tibbiy niqoblar ishlab chiqarishi uchun zarur bo'lgan xom ashyo bilan ta'minlab, to'rt ayolning ish o'rinlarini saqlab qolishga va aholining sog'lig'ini muhofaza qilishga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda ustaxona qishloq aholisi uchun oyiga 20 000ta, ko’p-marataba ishlatiladigan tibbiy niqoblarni ta'minlab kelmoqda. Undan tashqari ustaxona turli kiyim-kechak turlarini ham ishlab chiqarmoqda.

Qo’shma Dastur Qoraqalpog'istonning ishchi hududlarida joylashgan qishloq aholisining salomatligi va xavfsizligini ta'minlash uchun hamda COVID-19 ga qarshi javob choralarini qo’llash uchun mablag' ajratdi. Hozirgi vaqtda dastur qo'shimcha daromad keltiradigan to'rtta loyihani amalga oshirmoqda. Dastur chorva uchun ozuqa, halva, kozinaki va somon taxtalarini ishlab chiqarish uchun uskunalar, shuningdek, Bo'zatau va Karauzyak tumanlarida sutni qayta ishlash uskunalari bilan ta'minlamoqda.