Farg’ona vodiysida Technovation Girls onlayn treninglarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi

11-August, 2020

Photos: UNDP Uzbekistan

COVID-19 pandemiyasi yer yuzidagi va O‘zbekistondagi yoshlarni XXI asrda o‘zlarini anglab, muvaffaqiyatli karyera talab qiluvchi zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlariga ta’sir qilmoqda. 

12 avgust - Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlab, 2016 yildan beri amalga oshirilib kelinayotgan "Technovation Girls" xalqaro dasturi BMT Taraqqiyot dasturining "Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi" loyihasi bilan birgalikda Andijon, Namangan va Farg‘onada qizlar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn treninglar uchun tanlov e'lon qiladi

Treninglar maqsadi -  16-18 yoshdagi qizlarga axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashga ko‘maklashish, STEM sohasidagi ayollarga tegishli rolli modellarni targ‘ib qilish, gender tenglikni mustahkamlash, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, sifatli ta'lim berish va STEMda ayollar va qizlar jamiyatini yaratish orqali mintaqada innovatsiyalarni kashf qilishdir. Ta’kidlash lozimki, IT va texnologiyal kelajak kasblardir! Olingan bilimlar qizlarga raqobatdosh mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga imkon beradi

Treninglar shuningdek mentorlar (ustoz) uchun ham o‘tkaziladi. 19 dan 32 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar, IT-mutaxassislar mentorlikka da’vogar bo‘lishlari mumkin

Technovation Fergana Valley dasturi 4 oylik online-mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi. Vebinarlar mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan quyidagi mavzularda o‘tkaziladi

●        mobil ilovalarni dasturlash;

●        biznes-reja yaratish;

●        video tasvirga tushirish;

●        taqdimotlar tayyorlash;

●        mentorlik;

●        IT sohasidagi karyera;

●        Barqaror Rivojlanish Maqsadlari.

Ishtirokchilar va mentorlar tanlov asosida saralanib olinadi. Arizalar faqat Farg‘ona vodiysi aholisidan 20-avgustga qadar www.technovation.uz saytida qabul qilinadi

*O‘zbekistonning qolgan hududlari uchun Technovation Girls-2021 tanloviga ro‘yhatdan o‘tish 2020 yilning oktabr oyida boshlanadi

Mazkur imkoniyatdan foydalaning! Covid-19 pandemiyasi sharoitida uydan turib ishlang va ishtirok eting. Biz bilan birga bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring

Onlayn-treninglar Farg‘ona vodiysida BMT Taraqqiyot dasturining "Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi" loyihasi ko‘magida o‘tkaziladi

Rus tilidagi video anons.

O‘zbek tilidagi video anons.

____________________________________________________________________

Technovation Girls haqida

Technovation Girls -  yer yuzidagi qizlar uchun eng katta va mashhur texnologik dastur. Dastur veb-sayti: https://technovationchallenge.org. Dastur O‘zbekistonda 2016 yildan beri amalga oshirilmoqda. Ushbu davrda 120 ta jamoa mobil ilovalarni yaratdi. 200 dan ortiq qizlar 200 nafar murabbiylar ko‘magida treninglarda ishtirok etdilar, 50 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.

Technovation ishtirokchilari, Toshkent shahri va boshqa viloyatlaridagi 10-18 yoshli qizlar, Barqaror Taraqqiyot Maqsadlaridagi yo‘nalishlari bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni texnologiyalar yordamida hal etish yo‘lida mobil ilovalarni yaratishni o‘rganadilar.
Jamoalarni tadbirkorlar, o‘qituvchilar, universitet talabalari va IT mutaxassislaridan tarkib topgan mentorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Har bir jamoa mobil dasturni yaratadi, loyiha uchun biznes-reja yozadi, loyiha haqida videofilm suratga oladi va tanlov yakunida (finalda) o‘z loyihasini taqdim etadi.