Posted on July 10, 2020
Afg'onistondagi ayollarning O'zbekistonda tahsil olishlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha chegaralararo tashabbus

Toshkent, 2020 yil 10-iyul - O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi (OO'MTV), Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi Delegatsiasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bugun afg'on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini O'zbekistonda tahsil olish uchun ta’lim grantlari orqali qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chegaralararo tashabbusni amalga oshira boshladilar.
Loyihaning maqsadi – o'z yurtlarida ta'lim va ish bilan ta'minlashda erkaklarga qaraganda nomutanosib to'siqlarga duch kelayotgan afg'on ayollari uchun ta'lim olish imkoniyatlarini taqdim qilishdan iborat.
Umuman, Afg'onistondan kelgan 50 nafar ayol Qozog'iston va O'zbekiston universitetlarini o'qiydi va bitiradi.
Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million yevro miqdorida grant ajratdi, loyihani BMTTD 2025 yilgacha amalga oshirilishini ta'minlaydi.
“Ayollar o'z milliy iqtisodiyotiyotlari o'sishiga asosiy hissa qo'shuvchilardir. Shunga qaramay, ular ta'lim olish, munosib mehnat va teng maosh olish imkoniyatiga ega bo'lish yo'lida ko'pincha ijtimoiy to'siqlarga duch kelishadi. Malakalari ortishi bilan ayollar xususiy yoki davlat sektorida yuqori darajadagi ish joylariga ega bo'lishlari kutilmoqda, bu ularga o'z mamlakatlari rivojiga samarali hissa qo'shishga imkon beradi” - deydi Eduards Stiprais, Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi janobi oliylari.
Afg'onistonlik ayollar O'zbekistonda qishloq xo'jaligini o'rganadilar va o'qishni tugatgandan so'ng ularga texnik va kasbiy ta'lim to'g'risidagi guvohnomalar topshiriladi. Afg'onistonlik yosh ayollar Termiz tumanidagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida, Toshkent davlat agrar universiteti ko'magi ostida, o'qiydilar.
OO'MTV ushbu loyihani amalga oshirishni qo'llab-quvvatladi. “O'zbekiston qo'shni do'st Afg'oniston zaminida tinchlikni qo'llab-quvvatlaydi va ushbu jarayonni Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanishga erishish uchun muhim shart deb biladi”, - deydi O'ktam Salomov, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari.
2019 yil oktyabr oyida Afg'onistonlik ayollarning birinchi guruhi statistika, qishloq xo'jaligi va tog'-kon sohalarida ta'lim safarlarini boshlash uchun Qozog'istonga tashrif buyurdi. Bu yil esa yana 20 nafar talabaga ta'lim granti beriladi. Ular O'zbekistonda qishloq xo'jaligini, Qozog'istonda esa konchilikni o'rganadilar. Ixtisoslashgan ta'lim olishdan oldin talabalar til kurslarini o'tashlari kerak bo'ladi.
“Gender tengligi hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat insonning asosiy huquqlari, balki mamlakatni rivojlantirish va ravnaq toptirishning oqilona milliy strategiyasidir”, - dedi anjumanga yakun yasar ekan, Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili.