O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ekologik resurs markazi ishga tushirildi

Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash munosabati bilan, 4 iyun kuni BMTTD O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutaxassislarini o‘qitishga ixtisoslashgan milliy resurs markazini ishga tushirdi.

4-June, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

2020 yil 4 iyun, Toshkent – BMTTDning «Umumjahon darajada ahamiyatga ega biologik xilma-xillik uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish» loyihasi resurs markaziga zamonaviy IT uskunalarini taqdim etdi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutaxassislarining bilimi, malaka va ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam berdi. 

Ta'limning to‘liqligicha raqamlashtirilgan tizimidan foydalangan holda, Davlat qo‘mitasi xodimlari karantin davri davomida va O‘zbekistonning istalgan qismidan turib o‘z tahsillarini davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Ishga tushirish marosimida, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun alohida onlayn maydonchasini yaratish hamda onlayn ta'limni yagona tizimga birlashtirish borasida kelishuvga erishildi.

«Salohiyatni oshirish barqaror rivojlanish uchun juda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa innovasiyaviy firklash talab etilayotgan bir davrda», deydi Matilda Dimovska, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili. «BMTTD bilimning turli sohalarida, jumladan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha o‘z milliy hamkorlarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashga tayyordir».

Resurs markazida tahsil olgan xodimlar yangi o‘zlashtirgan bilimlarini butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yurituvchi o‘z hamkasblari bilan ulashishlari kutilmoqda. Shu tariqa, o‘zining xozirgi holatida markaz kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha umumilliy markaz sifatida xizmat qiladi.

«Biz iqlim o‘zgarishi va inson faoliyati ta'siridan O‘zbekistondagi nodir ekotizimlar va bioxilma-xillikning himoyasi ustida ish olib borayotgan vaqtimizda muhim muassasa hisoblangan resurs markazimizni uskunalar bilan ta'minlashda ko‘mak ko‘rsatgani uchun BMTTDdan minnatdormiz», deydi Qo‘mita raisi o’rinbosariNarzullo Oblomurodov «Biz BMTTD bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlaymiz degan umiddamiz». 

Resurs markazi ishga tushirilgandan so'ng atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yutuqlar va ushbu sohadagi istiqbollarga bag'ishlangan veb-konferentsiya o’z ishini boshladi.

BMTTD O‘zbekistondagi davlat va hukumat tashkilotlarining ko‘p yillik hamkori sifatida atrpf-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan milliy ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. 

Ishga tushirilgan resurs markazi to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotni quyidagi manzildan olish mumkin: http://ecomarkaz.uz/uz.undp.org va http://eco.gov.uz/en.