Bolalar orasida “oilam uchun davlat xizmatlari” mavzusiga bag'ishlangan onlayn tanlovini eʼlon qilamiz

5-May, 2020

--- Image caption ---

E'LON

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat Xizmatlari Agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi bilan hamkorlikda bolalar orasida “oilam uchun davlat xizmatlari” mavzusiga bag'ishlangan rasmlar onlayn tanlovini eʼlon qilamiz.

Tanlovning maqsadlari: 

  • Oʻzbekiston aholisini Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hamda hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyat toʻgʻrisida xabardorligini oshirish;
  • Tanlovda ishtirok etayotgan bolalarining ijodiy ishlari orqali fuqarolarning, xususan imkoniyati cheklanganlar, keksa yoshdagi odamlar va oilalalarni internetda www.my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida xabardorligini oshirish;
  • Davlat xizmatlari markazi, my.gov.uz davlat xizmatlari yagona portali, call-markazi - 1148 va @davxizmataloqa_bot telegram botlari orqali butun mamlakat boʻylab aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish va kengaytirish;
  • Tanlov ishtirokchilarning boʻsh vaqtlarini unumli tashkillashtirish va ragʻbatlantirish.

Tanlovning maqsadli auditoriyasi (ishtirokchilar):

Respublikamizning barcha hududlarida yashayotgan bolalar quyidagi ikki yosh toifasida ishtirok etishadi: 6-9 yoshdagi bolalar va 10-14 yoshdagi bolalar.

Rasm tanlovining qisqacha tavsifi: 

Rasmlar tanlovi 2020 yil 5 maydan 25 iyungacha boʻlib oʻtadi. 

2020 yil 5 maydan 30 may soat 18:00 gacha rasmlar onlayn qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Diplomatik Korpus va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillarining farzandlari xam ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar 3 bosqichda tanlanadi:

1- bosqich

Mustaqil hakamlar tomonidan tanlovga kelib tushgan rasmlardan 100 tasi onlayn ovoz berish uchun tanlab olinadi va galereyaga joylashtiriladi (har bir yosh toifasidan 50 tadan, agar tanlovga 100 dan ziyod rasmlar kelib tushgan boʻlsa).

2- bosqich

Oʻzbekistonning barcha aholisi tomonidan tanlovning portali www.voting.ipsd.uz orqali eng yaxshi rasmlarni tanlash uchun onlayn ovoz beriladi va eng koʻp ovoz toʻplagan 20 ta rasm (har bir yosh toifasidan 10 tadan) keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tanlab olinadi. Ovoz berish ishtirokchisi har bir yosh toifasidagi faqat bitta rasm uchun ovoz berishi mumkin.

3- bosqich

Onlayn ovoz berish natijasida eng yuqori ball toʻplagan 20ta rasmlar orasidan mustaqil xayʼat aʼzolari tomonidan tanlovning gʻoliblari aniqlanadi.

Ishtirokchining ijodiy ishlari (skaner qilingan yoki telefon orqali sifatli suratga olingan xolatdagisi) oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida anketasi bilan birga, 2020 yil 5 maydan 30 may soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) tanlovning info@ipsd.uz elektron manziliga yoki @contest_ipsd_bot Telegram boti orqali yuborilishi mumkin.

Ijodiy ishlar A3 yoki A4 formatdagi qog’ozda akvarel’, qalam va boshqa boʻyoqlar bilan ishlangan boʻlishi lozim, shuningdek  quyidagi yoʻnalishlardan biri aks ettirilgan boʻlishi lozim:

- davlat xizmatlari markazida koʻrsatilayotgan xizmatlardan oila aʼzolarining foydalangan jarayonlari va olingan natijalar;

- davlat xizmatlari markaziga murojat qilinishi ifoda etilgan lavxalar; 

- onlayn tarzda davlat xizmatlarini olish usullari va yo’llarini namoyish etish;

- oilamning kechagi va bugungi hayotida davlat xizmatlarining tutgan oʻrni;

- oila aʼzolarim tomonidan koʻp foydalanadigan davlat xizmatlari hamda boshqa jarayonlar.

Rasmlar naʼmunalari bilan tanishish va ishtirokchi anketasini yuklab olish uchun tanlovning www.contest.ipsd.uz veb sahifasiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun faqat "Davlat xizmatlari oilam uchun " mavzusidagi rasmlar qisqacha rasmning tavsifi bilan birgaqabul qilinadi. Tanlov mavzusidan boshqa mavzudagi rasmlar tanlovda ishtirok etmaydi. Tanlovga  har bir ishtirokchidan faqat bitta rasm qabul qilinadi.

TANLOV IShTIROKChISI ANKETASI

Familiya, Ismi, Otasining Ismi

 

Jinsi

□ oʻgʻil bola 

□ qiz bola

Viloyat

 

Tuman

 

Uy manzili

 

Telefon raqami

 

Elektron pochta manzili

 

Yosh toifasi (tanlang)

□ 6 yoshdan 9 yoshgacha 

□ 10 yoshdan 14 yoshgacha

Rasmning nomi

(5 ta soʻzdan koʻp boʻlmasligi lozim)

 

Rasmning qisqacha tavsifi

(30 ta soʻzdan koʻp boʻlmasligi lozim)

 

Oilaviy rasm (ixtiyoriy)

jpg formatida 2 megabaytdan oshmasligi lozim

MUALLIFLIK HUQUQLARINI BERISh: Tanlovga rasmini yuborgan ishtirokchi mualliflik huquqini tashkiliy qoʻmita va hamkor tashkilotlar tomonidan oʻz ijodiy ishini tarqatish, koʻpaytirish, nusxa olish, nashr etish va foydalanishiga rozilik beradi. Tashkiliy qoʻmita va hamkor tashkilotlar oʻz nashrlarida rasm muallifini koʻrsatishga majburdirlar.

Shuningdek, eʼlon qilingan maxsus nominatsiyalar qatorida tashkilotchilardan qoʻshimcha toʻrt nafar gʻolib ham tanlanadi.

Tanlov gʻoliblari aniqlangandan soʻng, 2020 yil 25 iyun kuni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi, Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalar vakillari, vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa mehmonlar ishtirokida rasmlar koʻrgazmasi hamda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. Koʻrgazma hamda taqdirlash marosimini  oʻtkazish manzili tanlovning www.contest.ipsd.uz veb sahifasi va tanlov tashkilotchilarining veb sahifalarida qoʻshimcha eʼlon qilinadi.

TANLOV GʻOLIBLARI UChUN SOVRINLAR

Tanlovning oʻrinlar boʻyicha  mukofotlari

Miqdori

Sovgʻalar

Birinchi oʻrin

2 nafar (har bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan)

Qimmatbaho sovgʻa va loyihaning sovgʻalar toʻplami

Ikkinchi oʻrin

4 nafar (har bir yosh toifasida (6-9; 10-14) ikkitadan)

Qimmatbaho sovgʻa va loyihaning sovgʻalar toʻplami

Uchinchi oʻrin

6 nafar (har bir yosh toifasida (6-9; 10-14) uchtadan)

Qimmatbaho sovgʻa va loyihaning sovgʻalar toʻplami

Eng yaxshi ijodiy rasm

2 nafar (har bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan) BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tanlanadi

Qimmatbaxo sovgʻa va loyixaning sovgʻalar toʻplami

Eng yorqin rasm

2 nafar (har bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan) Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tanlanadi

Qimmatbaho sovgʻa va loyihaning sovgʻalar toʻplami

Ragʻbatlantiruvchi sovrinlar

8 nafar (onlayn ovoz berish bosqichida keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tanlangan, lekin sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan ishtirokchilar)

Qimmatbaho sovgʻa va loyihaning sovgʻalar toʻplami

Tanlov toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni olish uchun tanlovning www.contest.ipsd.uz veb sahifasi yoki tanlov tashkilotchilarining veb sahifalariga tashrif buyurishingiz mumkin.