«Covid-19 Challenge 2020»: biz g’oliblarni e’lon qilishga tayyormiz!

12-May, 2020

Eslatib o’tamiz, «Covid-19 Challenge 2020» – bu COVID-19 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish bo’yicha innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovidir, unda butun mamlakatning innovatorlari u yoki boshqa yo’l bilan pandemiya bilan kasallanganlarga yordam berish maqsadida bilim, texnologiya va tadbirkorlik ko’nikmalarini o’zida mujassam etgan holda innovatsiyalarni yaratish va hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Ushbu tanlovning maqsadi innovatorlar pandemiya tufayli paydo bo’lgan inqirozni yengib o’tishda yordam beradigan texnologiya va raqamli yechim topishlari, ekperiment qilib ko’rishlari mumkin bo’lgan onlayn maydon yaratishga harakat qilish edi.

Tanlov tashkilotchilari: biz, IT-Park, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yoshlar akademiyasi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi. Shuningdek tanlov O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi «Yoshlar kelajagimiz» jamg’armasi va Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash markazi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy, o’rta va maxsus ta’lim vazirligi, Raqamli ishonch jamg’armasi, Jahon banki va EXHTning O’zbekistondagi loyiha koordinatori bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Musobaqa o’tkaziladigan yo’nalishlar:

1.     SOG’LIQNI SAQLASH

2.     AHOLINING ZAIF QATLAMIGA YORDAM

3.     KICHIK TADBIRKORLIKNI QO’LLAB-QUVVATLASH

4.     JAMOATNI QO’LLAB-QUVVATLASH

5.     TA’LIM

6.     XABARDORLIKNI OSHIRISH VA MUOMALA MODELI

7.     DAM OLISH

8.     BOSHQALAR

Tanlov g’oliblari 5ta loyiha va ular quyidagilar:

«Карта жизни»

«Карта жизни» portalining asosiy g’oyasi shundan iboratki, yordamga muhtoj bo’lganlar va ko’ngillilar bir-birlarining joylashuvini bilib olishlari va shunga mos ravishda masofadagi eng yaqin odamga yordam berishlari mumkin. Eng yangi ma’lumotlarga ega jamoat uchun ochiq bo’lgan elektron xarita muhtojlarga yordam berishda ko’makchi bo’ladi.

«Birdamlik»

Birdamlik loyihasi muhtoj odamlarning arizalarini to’plash uchun ishlab chiqilgan. Buning uchun telegram bot va veb-sahifa yaratildi, unda muhtojlar va ko’ngillilar bepul ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Ro’yxatga olish bilan bir qatorda, muhtoj shaxsning shaxsini tekshirish u tomonidan ko’rsatilgan manzilda amalga oshiriladi va ariza beruvchi yashaydigan mahalladan olingan ma’lumotni aniqlaydi. Ushbu ma’lumotlar ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, u yerdan koordinatorlar ko’ngillilarga arizalarni tarqatishlari mumkin.

«Human House» onlayn maktabi

Maqsad – O’zbekistonning me’morchiligi, arxeologiyasi, urf-odatlari, etnografiyasi, amaliy san’ati bo’yicha ma’ruzalar o’tkazish, shu bilan ishtirokchilarni turli xil hunarmandchilik bilan tanishtirish va ularni uyda mustaqil ravishda shug;ullanishga o’rgatish. Bunday strategiya milliy hunarmandchilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

«Smart mask»

«Smart mask» – bu foydalanishni boshidanoq harorat, yo’tal, nafas olish qiyinlishuvi va qondagi kislorod miqdori kabi kasallik alomatlarini o’rganadigan niqob. Olingan ma’lumotlar maxsus algoritm yordamida Covid-19 va boshqa yuqumli kasalliklarning alomatlari bilan taqqoslanadi va taxminiy tashxis qo’yiladi.

«Cambridgeonline.uz» platformasi

Cambridgeonline.uz platformasi – bu ta’lim muassasalari uchun eng moslashtirilgan va oflayn o’qitish bilan sinxronlashtiriladigan B2B mahsulotidir (ya’ni, zarurat tug’ilsa, oflayn rejimidan onlayn rejimga silliq o’tishga imkon beradi). Ushbu platforma ta’lim muassasalariga va texnologiyalar bo’yicha tajribaga ega bo’lmagan o’qituvchilarga ‘tas-ix’da onlayn darslarni o’tkazishga imkon beradi va o’quv jarayonini kuzatish uchun keng funksiyalarni ta’minlaydi.

Shuni ta’kidlash joizki, «Карта жизни» va «Birdamlik» loyihalari kelgusida qo’shma hamkorlikni va bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Natijada, «Covid-19 Challenge 2020» g’oliblari o’z loyihalarini amalga oshirish uchun mablag’ oladilar, tanlov tashkilotchilari tomonidan qo’llab-quvvatlanadilar, shuningdek loyihalarni to’liq amalga oshirishda yordam berish uchun mentorlardan maslahat oladilar.

“COVID-19 Challenge 2020” tashabbusi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomodidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.