UNDP Uzbekistan image

Technovation Girls – qizlar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng katta va ommabop texnologik dastur bo‘lib, u O‘zbekistonda 2016 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va loyihaning ilk kunlaridan boshlab mamlakatda texnologik murabbiylikni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Joriy yilning 20 aprelida biz va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan amalga oshirayotgan «Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» qo‘shma loyihasmiz doirasida O‘zbekistonning to‘rtta tajriba hududida (Andijon, Farg‘ona, Urganch, Nukus shaharlari) axborot texnologiyalari o‘quv dasturlaridan o‘rin olgan “Axborot texnologiyalari” mavzusida onlayn trening o‘tkazilishiga bosh-qosh bo‘ldik.


ZOOM ilovasi yordamida o‘tkazilgan onlayn treningda O‘zbekistonning 4 viloyatidan 45 nafar murabbiy ishtirok etdi. Ular kelajakdagi mashg‘ulotlarda o‘n yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalariga ko‘maklashishi ko‘zda tutiladi.

Treningning maqsadi Barqaror rivojlantirish maqsadlari (BRM) yo‘nalishlari bo‘yicha innovasion mobil ilovalar yaratish orqali ta'lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya, ishsizlik, tahqirlash, gender tengsizligi, atrof-muhit, turizm va boshqa sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratildi. Ishtirokchilar jamoalarga ajratilib, har bir jamoaga tadbirkorlar, o‘qituvchilar, universitet talabalari va AT mutaxassislari boshchilik qilishdi. Bunda, har bir jamoa taklif qiladigan mobil ilovalar bo‘yicha onlayn maslahatlar berildi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi onlayn treninglar COVID-19 davrida murabbiylar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular karantin paytida kun bo‘yi, asosan, oila davrasida uy ishlari bilan band bo‘lgan xotin-qizlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirish, texnologik murabbiylik malakalarini takomillashtirga ko‘maklashib, O‘zbekistondagi Technovation Girls dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etadilar.


Mazkur trening Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AT-maktabi, O‘zbekistondagi bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assosiasiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi ilg‘or texnologiyalar markazi hamkorligi asosida tashkil qilindi va u 2020 yilning 4 mayigacha bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma'lumot:

www.tech4impact.uz

https://technovationchallenge.org/

http://technovation.uz/projects

Icon of SDG 04 Icon of SDG 05 Icon of SDG 09

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve