COVID-19 munosabati bilan O‘zbekistonda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik darajasini kamaytirish

27-April, 2020

UNDP Uzbekistan image

COVID-19 pandemiyasiga javob tariqasida kiritilgan jahon miqyosidagi karantin choralari aksariyat oilalar uchun og‘ir sinovga aylandi. So‘ngi paytlarda dunyoning barcha mamlakatlarida oilaviy mojarolar sonining ko‘payishiga moyillik o‘sishi kuzatilmoqda. Mazkur holat ko‘plab mamlakatlarda kiritilgan zaruriy karantin choralari sababli yanada yomonlashib, u yerlarda faollar, jamoatchilik tashkilotlari va hokimiyat idoralari oilaviy-maishiy zo‘ravonlik haqidagi shikoyatlar adadi o‘sib borayotganini qayd etmoqdalar.

Joriy yilning mart oyi o‘rtalaridan O‘zbekistonda ham mojaroli holatlar sonining o‘sishi kuzatilmoqda. Ushbu xavotirli jarayonga kurashish maqsadida biz hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining qo‘shma loyihamiz doirasida gender (jinsiy mansublikka asoslangan) zo‘ravonlikka qarshi kurashda yordam berish uchun ma'lumotnomalar tayyorlandik. Ular aholining zaif qatlamlarini qamrab olish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi dorixonalarda tarqatiladi. Mazkur varaqalarda jabrlanuvchilar zo‘ravonlik sodir etilgan holatlarda qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘lgan telefon raqamlarini topishlari mumkin bo‘ladi.


Qo‘shma loyiha doirasida, shuningdek, infografika ko‘rinishidagi ma'lumotlar tayyorlanib, ular varaqalar bilan birgalikda dorixonalarga tashrif etuvchi xotin-qizlarga tarqatiladi. Ularda oila a'zolarini hozirgi og‘ir kunlarda bir-birlariga yanada yaqinroq qilish orqali karantin davrida oila rishtalarini mustahkamlashni qanday davom ettirish lozimligi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilgan. 

O‘zbekiston aholisining aksariyati yangiliklardan televidenie orqali xabardor bo‘lishini inobatga olgan holda varaqalarga qo‘shimcha ravishda animasiyalashtirilgan videoklip tayyorlandi. Ushbu klip oila a'zolarini karantin sharoitida yashash davrida bir birlarini qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi, chunki o‘zini ihotalash vaqtida oiladan yaqinroq hech narsa yo‘qdir.

Ushbu tashabbus COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tishga yordam tariqasida biz ishlab chiqargan bir qator amaliy choralar majmuining bir qismidir.