Iqlimning o‘zgarishi va uglerod ta’sirining kamayishi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri bo‘lib, nafaqat mutaxassislar orasida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu global muammolarga shaxs va davlat darajasida qarshi kurashishning turli xil usullari mavjud. Binolar va uylarning qurilishni takomillashtirish o'sib borayotgan muammoning yechimi bo'lishi mumkin.

Xalqaro energetika agentligi mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilga qadar energiya tejaydigan binolar texnologiyalarining keng joriy etilishi karbonat angidrid chiqindilarini 2 mlrd. metrik tonnaga kamaytirishga imkon beradi. Masalan, binolari umumiy energiyaning 40 foizini iste’mol qiladigan Yevropa Ittifoqi 2020-yildan boshlab barcha yangi inshootlar o‘zining energiyasini ishlab chiqarishini yoqlab chiqmoqda.

Dunyoda bo’ylab muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatayotgan energiya-tejamkor binolar va uylarning bir nechta turlarini ko'rib chiqamiz.

(Faol uyning misoli)

Faol uy yoki “qo‘shimcha energiya” uyi. Ijobiy energiya balansiga ega bo‘lgan bino mustaqil ravishda o‘z ehtiyojlari uchun yetarli miqdorda energiyani ishlab chiqaradi. Bunday uy yiliga atiga 10-12 kVt s/m2 ni, oddiy uy esa 200-240 kVt s/m2 ni iste’mol qiladi. Faol uy juda ko‘p energiyani ishlab chiqarib, to‘plangan ortiqcha - yiliga 1500 kVt*s gacha quvvatni markaziy tarmoqqa qaytarib berishi mumkin. Shuning uchun u xarajat emas, balki daromad manbai bo‘la oladi. To‘plangan elektr energiyasini, masalan, ommalashib borayotgan elektr avtomobillarini quvvatlashda sarflash mumkin. Ushbu samaraga maxsus texnologiyalar: tabiy energiya, issiqlik izolyatsiyasi, iqlim nazorati, isitish nazorati tizimi, issiqlik nasoslari, "aqlli uy" tizimi yordamida erishiladi. Umuman olganda, qurilish passiv uyning xususiyatlarini, isitishni talab qilmaydigan yoki kam energiyani talab qiladigan va yuqori texnologiyali qurilmalar bilan jihozlangan "aqlli uy"ni birlashtiradi.

(Passiv uyning misoli)

Passiv uy. Bunday binolarni ko‘pincha "eko-uylar" deb atashadi. Ularning asosiy xususiyati energiyani tejashning passiv usullaridan foydalangan holda kam energiyani sarflashdan iborat. Ko‘pincha passiv uylar 80 foiz energiyani tejash imkonini beradigan karkasli texnologiyadan foydalangan holda quriladi. Masalan, Finlyandiyada barcha kam qavatli uylarning 95 foizi shunday loyihalar bo‘yicha bunyod etiladi. Ushbu texnologiyadan foydalangan holda passiv uy qurishning o‘ta ommabopligi loyihaning tezkorligi, tejamliligi va energiya samaradorligi bilan bog‘liq. Ideal holdagi passiv uy qulay haroratni saqlab turish uchun hech qanday xarajatlarni talab qilmaydigan mustaqil energiya tizimidan iborat bo‘lishi kerak. Passiv uyni isitish odamlar va maishiy texnika tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik evaziga hosil bo‘lishi lozim. Qo‘shimcha "faol" isitish zarurati tug‘ilsa, muqobil energiya manbalari o‘rnatiladi. Issiq suv ta’minoti, shuningdek, issiqlik nasosi yoki quyosh suv isitgichi kabi qayta tiklanadigan energiya qurilmalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Biroq karbonat angidridni o‘zida saqlab turadigan yoki o‘ziga yutadigan binolar haqida alohida so‘z yuritish lozim. Bunday binoni nimadan qurish mumkin? Hammasi juda oddiy: , uylarni yog'och kabi allaqachon mavjud bo’lgan materiallardan qurish mumkin.. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, qurilish uchun yog‘ochlar tabiiy o‘rmonlardan olinmasdan, maxsus plantatsiyalarda yetishtiriladi. Bu esa o‘rmonlar maydoni qisqarishining oldini oladi.

2016-yilda Minneapolisda butunlay yog‘ochdan qurilgan yangi yetti qavatli T3 binosi ochildi. Bu 100 yildan ortiq vaqt ichida Shimoliy Amerikadagi eng katta va AQShdagi birinchi qurilgan yog‘och bino edi. Bino imoratning butun xizmat umri davomida qariyb 3200 tonna uglerodni o‘ziga tortadigan 3600 kubometr maxsus ko‘ndalang yopishtirilgan yog‘ochdan (CLT) foydalangan holda 2,5 oy ichida qurib bitkazilgan. Bunday yog‘ochdan yasalgan panellar osmono‘par binolarni qurish uchun ham yetarli darajada pishiqdir. Norvegiyadagi 85,4 metr balandlikdagi Mjøstårnet binosi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

BMTning bashorat qilishiga ko‘ra, 2050-yilga borib aholining 68 foizi shaharlarda istiqomat qiladi, bu esa keyingi 80 yil ichida 2 mlrd.ga yaqin yangi uylarning qurilishini talab etadi. Dunyo bo‘yicha energiya bilan bog‘liq CO2 chiqindilarining 40 foizi qurilish sanoatiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yog‘ochni nafaqat chiroyli ko'rinishga ega, balki insonning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan qurilish materiali sifatida targ‘ib qiluvchi Global harakat ham mavjud. Aynan shuning uchun ko‘pgina me’morlar yog‘ochni qurilish sanoatining “uglerod ta’siri” muammosiga noyob yechim deb hisoblashadi va butun boshli shaharlarni yog‘ochdan qurishni taklif etishadi. Barcha istiqbollarni batafsil o'rganish bilan, yaqin kelajakda yog'och boshqa qurilish materiallarini o’rnini bosishi va dunyoda "yog'ochli jungli" shaharlar paydo bo'lishi ehtimoldan xolis emas.

Shuningdek, O‘zbekiston qishloq joylardan boshlab energiya tejaydigan uy-joylarni qurishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni faol amalga oshirmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi 5577-son Farmoniga binoan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab uy-joy qurilishi inshootlari energiya-samarador va energiya-tejovchi qurilish materiallari bilan jihozlanishi lozimligi belgilangan.


Bunday yordam, bizning qo‘shma loyihamiz tomonidan «O’zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolarini qurilishini rivojlantirishga ko’maklashish» ham amalga oshirilmoqda. 2019-yilda mamlakatning 12 ta viloyatida banklar vakillari uchun “yashil ipoteka”ning afzalliklari bo‘yicha maxsus biznes-treninglar o‘tkazildi. Natijada Farg'ona, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 800 ta bir qavatli 3 xonali energiyani tejaydigan va kam uglerodli uylarni qurishda yordam ko'rsatildi, 3200 kishi "yashil ipoteka" dan foydalanish imkoniga ega bo'ldi. 2020 yilda qo'shma loyiha mamlakatning yana 5 viloyatida energiya tejaydigan va kam uglerodli qishloq uylarini qurishda davom etadi.

Icon of SDG 07 Icon of SDG 09 Icon of SDG 13 Icon of SDG 17

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve