Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion yechimlar onlayn tanlov oʻtkaziladi

8-April, 2020

COVID-19 Challenge 2020” – bu COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar uchun onlayn tanlov bo’lib, unda O’zbekistonning barcha hududlaridan innovatorlar COVID-19 pandemiyasidan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun bilim, texnologiya, tibbiyot va tadbirkorlikni birlashtirib, hamkorlikda innovatsiyalarni yaratishlari mumkin.

Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekiston hukumati infektsiyaning tarqalishiga qarshi kurashish uchun bir qator cheklov choralari qabul qilingani tufayli, koʻplab odamlar ishsiz qolishdi. Hozirda fuqarolarning alohida toifalari, shuningdek muayyan hamjamiyatlar va korxonalar yordam va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj.

Shu maʼnoda mazkur tanlovni o’tkazish – bu innovatorlar joriy inqirozni yengishga yordam beradigan yangi vositalar oʻylab topadigan, tajriba o’tkazadigan hamda texnologiyalar va raqamli yechimlarni yaratadigan onlayn platforma yaratishga harakatdir.

Tarmoqli va oʻzarohamkorlikyondashuv bilan muhim muammolarga texnologik yechimlarni safarbar qilish, ularni aniqlash va joriy etish orqali COVID-19 inqirozining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini barchaga, ayniqsa aholining himoyaga muhtoj guruhlariga taʻsirini kamaytirish va yumshatish mazkur tanlovdan koʻzlangan bosh maqsad hisoblanadi. Tanlov tez joriy etsa boʻladigan va milliy koʻlamda jadal ommalashadigantexnologik yechimlarni izlashga qaratilgan.

Tanlov tashkilotchilari: BMTTDningO’zbekistondagi vakolatxonasi, IT-Park, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion Rivojlanish Vazirligi qoshidagiYoshlar Akademiyasi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, “Raqamli ishonch” jamg’armasi, Jahon Banki va YHHT. 

Shuni qoʻshimcha qilish mumkinki, tanlov tashkilotchilari bir nechta loyiha jamoalari oʻrtasida faoliyat va aksaloqa yoʻnalishida yordam koʻrsatadigan ekspertlar vazifasini bajaradigan mentorlar bilan yelkama-yelka ishlaydilar. Ularning maqsadi bir vaqtning oʻzida muhim va amalga tatbiq etishga layoqatli yechimlarni yaratishdan iboratdir. Har bir yoʻnalisjga 4-5 nafar mentor jalb etiladi.

TANLOV QUYIDAGI YOʻNALISHLARDA BOʻLIB OʻTADI:

1.     SOGʻLIKNI SAQLASH

2.     YORDAMGA MUHTOJ AHOLIGA KOʻMAKLASHISH

3.    KICHIK BIZNES VA BANDLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH

4.     JAMOATCHILIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH

5.     TAʼLIM

6.    XABARDORLIKNI VA XULQ-ATVORNI YAXSHILASH

7.    BO'SH VAQTNI SAMARALI O’TKAZISH

8.    BOSHQALAR

Tanlovda yuqoridagi mavzularda qamrab olinmagan yechim va gʻoyalarni ham taklif qilish mumkin.

Biz sizning fikringizcha muhim va tanlovga kiritilishi lozim deb hisoblangan har qanday boshqa mavzular boʻyicha innovatorlarni yechimlarni ilgari surishga taklif qilamiz. Gʻoyalarni olgʻa suring va nostandart fikrlashdan uyalmang!

Tanlovda istalgan kishi qatnashishi mumkin. Qiziquvchilar va kompaniyalar roʻyxatdan oʻtish va taklif etilayotgan texnologik yechim gʻoyasini onlayn shaklni toʻldirish orqali taqdim etishlari soʻraladi. Arizalar qabul qilingandan keyin loyihalar koʻrib chiqiladi. Muvaffaqiyatli gʻoya va loyihalar muallif va jamoalari onlayn suhbatga taklif etiladilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan novatorlar mentorlikdan (onlayn moderatsiya va aqliy hujum) oʻtadilar hamda yakuniy saralash va shartnoma tuzilishidan avval loyihani himoya qiladilar.

Kamida 5-ta istiqbolli loyiha sinovdan o’tkazish va taklif qilingan texnologik yechimlarni amalga tatbiq etish uchun hamkorlar tomonidan taqdim etilgan 10 000 AQSh dollarigacha boʻlgan moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Tashkilotchilar eng samarali yechimlar kelgusida moliyalashtirilishi va joriy inqiroz paytida imkon qadar maksimal ehtimoliy samaraga erishish yoʻlida qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida COVID-19 tarqalishining oldini olish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga murojaat qiladilar.

Tanlovda qatnashish talablari, tanlov qoidalari va qoʻshimcha maʼlumot quyidagi havolada taqdim etilgan: http://covid-19challenge.it-park.uz

“COVID-19 Challenge 2020” tashabbusi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomodidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.