COVID – 19 pandemiyasi paytida ishlatilgan tibbiy himoya vositalarini yig‘ish va xavfsiz utilizasiya qilish tashabbusi

22-April, 2020

UNDP Uzbekistan image

Toshkent, 22 aprel. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanishning ilk holati 2020 yilning 15 martida qayd etilgan edi. Hozirga kunga kelib ushbu kasallik bilan zararlanganlan soni Respublika bo‘ylab 1600 dan oshdi.

O‘zbekiston hukumatining kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan qat'iy choralari tufayli kasallanganlar soni pandemiya o‘choqlariga ega davlatlarga qaraganda unchalik yuqori emas. O‘rnatilgan karantin rejimidan tashqari mamlakatda joriy qilingan asosiy qoidalardan biri  bu uydan tashqarida majburiy ravishda tibbiyot niqoblarini taqib yurish talabidir. Qo‘shimcha ravishda, oziq-ovqat savdo nuqtalariga tashrif buyurayotganda kasallikni yuqtirib olish xavfini minimallashtirish uchun bir martalik qulqoplardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Oxirgi vaqtlarda qilingan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, COVID-19 virusi tibbiyot niqoblari va qo‘lqoplarda 7 kungacha tirik qoladi. Shuning uchun himoya vositalaridan foydalanishdagi muhim jihatlardan biri – aholi tomonidan ularning xavfsiz va to‘g‘ri utilizasiya qilinishi, shuningdek chiqindilar utilizasiyasi uchun ma'sul tashkilotlar tomonidan zararsizlantirilishidir. 

Shuning uchun ham BMT Taraqqiyot dasturining Akselerator laboratoriyasi tomonidan “Maxsustrans” DUK va Makro supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikda tibbiy chiqindilarni (niqoblar va qo‘lqoplar singari himoya vositalarini) xavfsiz ravishda yig‘ish va utilizasiya qilish kampaniyasini boshlab yubordi.

Axborot kampaniyasi tibbiyot chiqindilarining ma'sul fuqarolar tomonidan o‘z yashash manzillarida joylashgan chiqindilarni yig‘ish nuqtlarida, shuningdek Toshkent shahrida joylashgan Makro tarmog‘i supermarketlarida xaridlarni amalga oshirgandan so‘ng tibbiy chiqindilarni to‘g‘ri utilizasiya qilish haqida ma'lumot beradi. 

Bundan tashqari o‘zida uzoq muddat virus saqlashi mumkin bo‘lgan tibbiy himoya vositalarini (niqoblar, qo‘lqoplar, sanitayzer idishlarini) to‘g‘ri va xavfsiz utilizasiya qilish jarayoni batafsil tushuntirilgan ijtimoiy videorolik taqdim qilinadi. 

Makro tarmog‘idagi do‘konlarda (Toshkent shahri bo‘ylab jami 32 nuqtada) himoya vositalarini utilizasiya qilish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatiladi. Xaridorlar do‘kondan chiqishda supermarketda berilgan bir martalik qo‘lqoplarni, shunindek niqoblar, salfetkalar va sanitayzer idishlarini  ushbu konteynerlarga tashlashi mumkin bo‘ladi. Ushbu konteynerlar ko‘k rangda bo‘lib ma'lumot beruvchi maxsus stikerlar bilan belgilangan bo‘ladi. Ular chiqindilarning xavfsiz yig‘ilishini ta'minlaydi.

Konteynerlarning boshqa qismi (maxsus markirovkli 150 ta metall konteynerlar) Toshkent shahrining turli tumanlarida joylashgan chiqindilarni yig‘ish nuqtalariga o‘rnatiladi. “Maxsustrans” DUK tomonidan yig‘ilgan chiqindilar tegishli standartlarga muvofiq utilizasiya qilinadi. Eng yuqori samardorlikni ta'minlash va ko‘proq aholini qamrab olish maqsadida ushbu konteynerlar shaharning aholi zich yashovchi dahalariga o‘rnatiladi.

Tashabbusning ajralmas qismlaridan biri bu tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish uchun o‘rnatilgan konteynerlardan foydalanish bo‘yicha statistik ma'lumotlarni yig‘ish va umumiy samaradorlik tahlillarini o‘tkazishdir.

Ushbu loyihamiz COVID-19 inqirozini yengib o‘tishga qaratilgan tezkor amaliy tadbirlar turkumining bir qismidir.

Hurmatli hamshaharlar, ushbu yangi tashabbusda faol ishtirok etib o‘zimizni himoyalaylik va atrof-muhit holatini yaxshilashga hissa qo‘shaylik. Bugun ushbu muammoga bo‘lgan munosabatimizning o‘zgarishi - ertangi sog‘lom yashash muhiti garovidir!