Yangi loyihamiz yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, o‘zgarishlarga ko‘maklashadi!

17-April, 2020

UNDP Uzbekistan image

Kuni kecha internetda Farg‘ona, Namangan va Andijonning 8 million yoshlarning hayotini yaxshilashga qaratilgan yirik loyiha rasman ishga tushdi.

O‘zgarishlar omili sifatida yoshlarga yo‘naltirilgan va hukumat bilan yanada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish natijasida yosh yigit-qizlarning turmush sifatini yaxshilash va ularga o‘z kelajaklari to‘g‘risida ishonch bilan gapirish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushirildi.

Bu O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining, BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi (BMT NJQKB), YuNESKO va biz bilan hamkorlikdagi 18 oyga mo‘ljallangan qo‘shma loyiha bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tinchlik o‘rnatish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyiha O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan hududi hisoblanagan Farg‘ona vodiysida tajriba sifatida amalga oshiriladi. Loyiha yoshlarning yangi jamiyat qurishda faol ishtirok etishiga asoslangan O‘zbekistonning Yoshlar milliy siyosatiga mos keladi.

BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matil'da Dimovska xonim elektron tadbirning ochilish marosimidagi nutqida: “O‘zbekiston aholisining oltmish foizi 30 yoshgacha bo‘lgan kishilarni tashkil qiladi. Aynan shuning uchun yoshlarni barcha islohotlarga samarali jalb qilish va amaliy ishtirokini ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifadir”, – deya ta'kidladi.

Biz yoshlarning o‘z sharoitlariga ta'sir etish qobiliyatini oshirish, o‘z jamiyatlariga mansublik hissini va Hukumatga va davlat xizmatlariga ishonch hissini shakllantirish yo‘li milliy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashda yoshlar va Hukumat o‘rtasidagi hamkorlik va ishonchni mustahkamlashga va shu orqali jamiyat darajasidagi muloqotni mustahkamlashga intilyapmiz. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarga o‘z jamoalarini nizoli vaziyatlarga nisbatan barqarorlashtirish va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash shu jamoalarda qarorlar qabul qilish imkoniyatini topishga yordam beradi”, – deb qo‘shimcha qildi Dimovska xonim.

YuNESKOning O‘zbekistondagi vakili Janob Yan Gladik bandlik ko‘pincha yoshlar uchun muammo bo‘layotganini yana bir bor ta'kidladi. “Yosh yigit-qizlarning mehnat bozoriga samarali jalb qilinishi mazkur loyihaning ustuvor vazifalaridan biridir. Biz yoshlarning kuchi, ijodkorligi, shijoati, nou-xau imkoniyatlari va qobiliyatlarini qadrlaymiz, yoshlar bilan va aynan, ularning yetakchilik salohiyatini oshirish uchun birgalikda ishlaymiz”, – dedi janob Gladik.

BMT NJQKBning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim bu loyihaning aynan yoshlarni mamlakatda ro‘y berayotgan tezkor o‘zgarishlardan chetda qolib ketmasliklarini ta'minlash maqsadida, mamlakatning jadal o‘sib borayotgan demografiyasi va kelajagi sifatida yoshlarga qaratilganiga yuqori baho berdi. U mazkur loyiha hayotiy ustuvor yo‘nalishlarni va fuqarolar faolligini O‘zbekistonda barqaror rivojlanishning hamda tinchlikning katalizatori sifatida targ‘ib qilishini ta'kidladi.

Bu jamiyatning turli tabaqalaridagi yoshlarni jamiyat hayotida samarali ishtirok etishlari uchun muhim vakolatlar va imkoniyatlar bilan ta'minlash, ularning ishga joylashishlariga yordam beradigan ko‘nikma va bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, yoshlar va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasida hamkorlik muhitini yaratish hamda ularga qonun ustuvorligi va adolatli shuningdek, insonparvar sudlov tizimi asosida o‘z talablarini qondirishlari uchun davlat xizmatlarini inklyuziv tarzda taqdim etish zarurligini anglatadi”, – dedi Mittal xonim.

Tadbir so‘ngida, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullaev: “Modomiki, yoshlar mamlakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanar ekan, bizning bu loyihadan umidimiz katta va biz uni BMT bilan hamkorlikda amalga oshirish niyatidamiz”, – deya ta'kidladi.