Biz "Qishloq Qurilish Bank" bilan natija asosida to’lov shartnomani imzoladilik

30-March, 2020

UNDP Uzbekistan image

Kuni kecha "Qishloq Qurilish Bank" Aksiyadorlik Tijorat Banki bilan Natija asosida to’lov shartnomasi imzolandi. Ushbu ilg’or usul ketma-ket ikkinchi yil qo’llanilayotgan bo’lib, bizning tarafdan "Qishloq Qurilish Bank"ga innovatsion moliyaviy instrument sanalgan yashil ipoteka taqdim etishni kengaytirish uchun texnik yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Ushbu shartnoma O‘zbekiston qurilish vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturi/ Global Ekologik Jamg‘armasining «O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida imzolandi. Mazkur loyihaning maqsadi O‘zbekiston qishloq aholisini yaxshilangan, arzon va ekologik jihatdan toza turmush sharoitlari bilan ta’minlashdan iborat. Loyiha "yashil ipoteka" bozor mexanizmini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va kengaytirish orqali O‘zbekistonda jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan qishloq uy-joy sektorini yanada barqaror va kam uglerodli rivojlanish yo‘liga yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston qishloq aholisi orasida kam uglerodli uy-joyga bo'lgan talabni oshiradi.


"Yashil ipoteka" mexanizmining joriy qilinishi 2019-yilda «Qishloq Qurilish Bank» tomonidan BMTTD/GEJ subsidiyasi va texnik yordami asosida amalga oshirildi. Natijada Loyiha doirasida 5 ta (Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari) loyiha hududida 800 ta qishloq uy xo‘jaliklari ixtisoslashtirilgan bank mahsuloti, yani "yashil ipoteka" olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, 2019-yilda yashil ipotekani krediti oluvchilarining 53 foizini ayollar tashkil etdi.

2020-yilda “Qishloq Qurilish Bank” bank tomonidan “yashil ipoteka”ni O’zbekistonning yana beshta hududida, jumladan, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy qilish rejalashtirilgan. Qishloq joylarda uy-joy qurilishi Davlat dasturi doirasida 2020-yilda faqat to‘rt qavatli turar-joy binolari qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Shunga binoan, yashil ipoteka bozorining mexanizmi ko‘p qavatli uylarda energiya samarador (ES) va kam uglerodli (KU) xonadonlarni xarid qilish doirasida amalga oshiriladi.


"Yashil" ipoteka " iste’molchiga energiya samarador va kam uglerodli uylarni sotib olish imkonini beruvchi bank xizmatidir. Bunday uyning uy hojaligi uchun afzalligi shundaki, u elektr energiyasi va uy isitishga sarflanadigan energiya sarfini 30 foizgacha tejash imkonini beradi. Qolaversa, ushbu energiya samarador va kam uglerodli uylar ekologik jihatdan atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan yashash sharoitini taqdim etadi. Xususan, bu uyni yoritish va isitish uchun sarflanadigan energiya uglevodorodli yoqilg‘ini yoqish hisobiga olinmasligining evaziga issiqxona gazi emissiyasi hajmi kamayadi. Issiqxona gazlari emissiyasida uy-joy sektorining ulushi eng yuqorilaridan hisoblanadi. Shu bois, uy-joy qurilishida energiya samaradorlik ustuvor ahamiyatga egadir. Qolaversa, uy-joy qurilishida energiya tejaydigan va kam uglerodli echimlar Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarining 7-maqsadiga javob beradigan arzon va toza energiyadan foydalanishni ta'minlaydi.