O‘zbekistonda qishloq joylaridagi arzon Uy-joylarni energetik auditdan o‘tkazish

25-March, 2020

UNDP Uzbekistan infographics

2017 yilda O‘zbekistonda BMTTD/GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamkorligidagi "O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish" loyihasi (loyiha) doirasida, mamlakatning qishloq joylarida kam energiya sarflaydigan uy-joylar qurilishiga yordam ko‘rsatish ko’zda tutilgan. Bu ishlar natijasida uy xo‘jaliklarida energiya sarfi va issiqxona gazlari chiqindilarining kamayishi kutilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning qishloq aholisini atrof-muhitga zararli bo‘lmagan yaxshilangan va maqbul yashash sharoitlari bilan ta’minlashdir. Ushbu maqsadlar uchun 2023 yilgacha 136,6 million dollar mablag‘ ajratilgan.

2019 yilda loyiha energiya tejamkor (ET) va past uglerodli (PU) uylarni qurishda faol ish olib bordi. Oltita davlat bankiga, loyiha ishtirokchilari - qishloq aholisi foydalanishi mumkin bo‘lgan «yashil ipoteka» sxemasi to‘g‘risida ma’lumot berish muhim tarkibiy qism bo‘ldi. Natijada, 3200 kishi uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun "yashil ipoteka"ga erishish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ularning 53 foizini ayollar tashkil etdi. 

Natijada, 2019 yilda 800 ta bir qavatli 3 xonali ET va PU uylari, shu jumladan Samarqandda 176 ta uy, Surxondaryoda 185 ta uy, Farg‘onada 206 ta, Xorazmda 112 ta va Buxoro viloyatlarida 121 ta uy qurildi. Xususan, loyihada yoritish ehtiyojlari uchun 300 vattli fotoelektr stansiyalari (FES), shuningdek, O‘zbekistonning beshta pilot hududida joylashgan 10 ta arzon namunaviy turar joylarida issiq suv ta’minoti uchun 200 litr quvvatga ega bo‘lgan quyosh suv isitgichlari o‘rnatildi.

Endilikda, ET va PU qishloq uylarida energiya iste’moli darajasini kuzatish uchun issiqlik va elektr energiyasining haqiqiy yillik iste’moli energiya balansi va uylarning samaradorligini baholaydigan energiya auditi o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu shuningdek, tegishli issiqxona gazlari chiqindilarini va aholining energiya sarfini to‘lash xarajatlarini aniqlashga yordam beradi. Olingan ma’lumotlar ushbu binolarni 2018 yilda shunga o‘xshash iqlim sharoitida davlat dasturi doirasida qurilgan namunaviy qishloq uylari bilan taqqoslashga yordam beradi. 

Energiya auditi - binolar va inshootlar tomonidan energiya ta’minoti, energiyani taqsimlash va iste’mol qilish tizimlarining texnik-iqtisodiy tekshirilishi.

Bundan tashqari, olingan natijalar asosida energiya resurslari va vositalar sarfini pasaytirish, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish uchun bir qator texnik, tashkiliy va iqtisodiy jarayonlar ishlab chiqiladi.

Ushbu loyiha bo‘yicha energiya tekshiruvi 2020 yil martdan 2021 yil martgacha Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida qurilgan 60 ta uyda o‘tkaziladi.

Energiya auditini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun energiya tejaydigan uylar aholisining yordami ham talab qilinadi. Uylarga auditorlarning kirish imkoniyatini yaratib berishdan tashqari, loyiha davomida aholining o‘zi hisoblagichlarning saqlanishini kuzatishi, so‘rovnomalarni to‘ldirishlari, resurslar va energiya sarfining kunlik ko‘rsatkichlarini qayd etishlari kerak. Aholi vazifaning mohiyatini tushunishi va hayotlarining boshqa sohalarida o‘z aksini topishi mumkin bo‘lgan foydali, energiya tejamkorlik odatlarni o‘zlariga singdirishlari juda muhimdir.

Yuklab olish