Bog‘ qanday bo‘lsa hosili ham shunday bo‘ladi

16-March, 2020

UNDP Uzbekistan image

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Savdo sanoat palatasi hamda BMTTD hamkorligida Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi tomonidan Farg'ona vodiysi shaharlarida bog'dorchilik fermer xo'jaliklarining vakillari uchun bog‘larni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishga bag‘ishlangan seminalar tashkil etildi.

Bog‘ va hosilga sezilarli shikast yetkazuvchi kasallik va zararkunandalar xozirgi kunning dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Hosil olish uchun bor kuchingizni sarflasangizu daraxtlar gullarini tukib yuborsa, meva bandlar qurib qolsa, mevasi yoki darxtning o‘zi nobud bo‘lsa, juda alam qiladi.

Seminar mobaynida ishtirokchilar shu va boshqa shu kabi masalalarni o‘rganib chiqdilar. Ma'lum bo'lishicha, aksariyat hollarda kasallanishining asosiy sababchisi - oddiy agrotexnika qoidalariga rioya qilmaydigan insonning o‘zidir. Misol uchun o‘tgan yilgi hosil qoldig‘ini yig‘ib olmaslik millionlab zamburug‘larning uyasining paydo bo‘lishiga olib keladi. Yoki dangasalik, beparvolik tufayli oldini olish choralarini qo‘llash uchun bir kunga kechikish yuz minglab zararkunandalarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, kam-quvvat tuproqlardagi nimjon bog‘lar ham ko‘plab zararkunanda va kasalliklarning ozuqa manbasiga aylanadi.

«Albatta yuqorida ta’kidalb o‘tilganlar, dengizdan bir kichik tomchi xolos, barcha sabablarni albatta yo‘q qila olmaymiz, ammo to‘g‘ri yondashsak, ko‘payishining olidini olishimiz mumkin. Zrarkunanda va kasalliklar bilan kurashishda ma’lum bir inson yoki ma’lum bir bog‘bonning muammosi emasligini, birgina ishlov berilmagan bog‘ atrofdagi ko‘plab masofagacha zararlovchi manba bo‘lib qolishini anglab yetishimiz darkor. Sa’y-harakatlarimizni birlashtiribgina, baravariga bir vaqtda barcha bog‘ va tomorqalarda kurash olib borsak, biz sezilarli yutuqlarga erishishimiz mumkin.”- deydi, ishtirokchilardan biri, Ne’mat Boltaboyev.

Ko‘tarilgan mavzu aksariyat ishtirokchilar uchun juda muhim masalalardan biri bo‘lganligini berilgan ko‘plab savollardan bilib olsa bo‘ladi. Misol uchun, biologik kurashish usullari afzalroqmi yoki kimyoviy, kamroq shikast yetkazish uchun ularni qanday qilib uyg‘unlashtirsa bo‘ladi, oldini olish choralarini qachon boshlash kerak, takroriy ishlov berish muddatlari qanday, kerakli preparatlar va ug‘itlarni solish me’yori qanday, bordos syuqligi ISOdan nimasi bilan farq qiladi va h.k. Ishtirokchilarkelgusida o‘z faoliyatlarida qo‘llash uchun qunt bilan olib boruvchining maslahat va tavsiyalarini qayd etib borishlari, taqdim etilayotgan materiallarni foto va videosuratlarga olishlari alohida diqqatga sazovor bo‘ldi.

An’anaga ko‘ra, nazariy qismdan so‘ng, olingan ma’lumotlarni mustahkamlash uchun, ishtirokchilar bog‘larda amaliy tahlilar o‘tkazishdi, daraxt va ko‘chatlar holatiga qarab monilioz va bakterial kuyish kasalliklarini, barg o‘rovchi, mevaho‘r va qlqondorlar kabi zararkunandalarning mavjudligini aniqlashdi. Ish jarayonida har bir turdagi zararkunanda yoki kasallik bo‘yicha alohida agrotexnika, oldini olish va kurashish borasida tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar bu yilgi qish mavsumi issiq kelishiga qaramasdan serhosil bo‘lishi, olingan hosil xilma-xilligi, sifat va ta’m darajasida ham yaxshi bo‘lishiga umid bildirib qoldilar.

Bizning loyihamiz qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirish borasidagi faoliyati 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi hamda BMT a’zo davlatlari qabul qilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

***

«Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilmoqda.