--- Image caption ---

Bugun Toshkentda “Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi va Davlat xizmatlari markazlari (DXM) xodimlarining salohiyatini oshirish” tahliliy maʼruzasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Davlat xizmatlari agentligi (DXA) hududiy boʻlinmalari xodimlari, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, Latviya elchixonasi vakillari hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi ishtirok etdilar.

Mazkur davra suhbati Adliya vazirligi, DXA, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi tomonidan tashkil qilingan boʻlib, uning asosiy maqsadi ishtirokchilarni oʻtkazilgan tadqiqotning asosiy natijalari bilan tanishtirish hamda eng muhim xulosa va takliflarni muhokama qilishdan iborat boʻldi.

Shuningdek, bu tadqiqotning maqsadi – tajriba hududlari sanalgan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani, Jizzax viloyatining Baxmal tumani va Sirdaryo viloyatining Xovos tumanlarida aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning joriy holatini tavsiflash, bunday xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va davlat xizmatlari markazlari xodimlarining salohiyatini oshirishdir.

Tadqiqot aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati hayotiy zarur hisoblangan ijtimoiy va infratuzilma xizmatlari (suv, gaz, elektr taʼminoti, obʼektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish, bolalarni bogʻchalariga joylash va boshqalar) bilan bogʻliq ekanligini aniqlab berdi. Yuqorida aytib oʻtilgan xizmatlarni taqdim etishdagi muammolar va kechikishlar, asosan, mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar moddiy-texnik bazasining  (ofis uskunalari, kompyuterlar, skanerlar, aloqa vositalari, Internetdan foydalanish imkoniyati, maxsus transport vositalarining) yetarli emasligi va ushbu xizmatlarni koʻrsatishda ishtirok etayotgan boshqa davlat tashkilotlari bilan oʻzaro aloqalarning risoladagidek yoʻlga qoʻyilmagani bilan bogʻliq.

Davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovda Davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlarining ish tartibi  (5 ballik tizimda 4,72 ball), davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ariza va hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish (5 ballik tizimda 4,7 ball) va DXM xodimlariga murojaat qilishda ulardan olinadigan javobning sifati va toʻlaqonli ekanligi (5 ballik tizimda 4,7 ball) ancha yuqori baholandi.

Mahallalarda koʻchma davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, odamlar hamma joyda ham koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega emas ekanlar. Shuningdek, chekka hududlardagi fuqarolar, oʻzi yashayotgan joylarda DXM ekspress-xizmatlarining kelishi haqida axborot beruvchi samarali vosita mavjud emasligini taʼkidladilar. Soʻrov ishtirokchilarining koʻpchiligi shu maqsadda SMS-xabarnomani yoʻlga qoʻyishni tavsiya etdilar.

 

Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun soʻrov ishtirokchilari operatorlar sonini oshirish, xodimlar uchun treninglar oʻtkazish, DXM binosida kutish joylari sonini koʻpaytirish va kutish sharoitlarini (isitish /sovutish, Internetdan uzluksiz flydalanish, hojatxonalar, onalar va bolalar uchun xonalar, ichimlik suvi bilan taʼminlash kabilar) yaxshilanishiga umid bildirdilar.

Foydalanuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, jumladan DXM orqali taqdim etilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha xizmatlar sifatida haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtomobil davlat raqamlarini berish, DXM qoshida filiallar yoki mini-banklar ochish, notarial xizmatlar koʻrsatish, DXM xodimlari sonini oshirish va boshqa shu kabilarni joriy qilish boʻyicha takliflar berildi.

Davra suhbati davomida vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va ilmiy markazlardan taklif qilingan mutaxassislar koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini batafsil oʻrganishga, shu jumladan, ularni taqdim etish tartibini takomillashtirish uchun toʻliq funktsional tahlil oʻtkazishga eʼtiborni qaratishni taklif qildilar. Bildirilgan taklif va mulohazalar davlat xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan tegishli choralarni koʻrish uchun davlat idoralarining masʼul vakillariga yetkazildi.

Icon of SDG 16

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve