UNDP Uzbekistan image

 

Toshkent, O'zbekiston – joriy yilining 11 mart kuni BMT Taraqqiyot Dasuturining (BMTTD) O'zbekistondagi vakolatxonasi qoshidagi Akselerator laboratoriya tomonidan Green Aral Sea – Orol dengizi tubini ko'kalamzorlashtirishga qaratilgan kraudfanding tashabbusiga start berildi. Ushbu tashabbus Orol dengizining qurigan tubidagi 100 gektar maydonga 100 000 dona saksovul ko'chatlarini ekish va shu bilan Orol fojeasining oqibatlarini bartaraf etishga, hududda yashovchi aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qo'shishni maqsad qilgan.

Orol dengizi o'z vaqtida kattaligi bo'yicha dunyoda to'rtinchi ko'l bo'lgan. Dengiz farovon yashash sharoitlarini ta'minlab jo'shqin ekotizimlar makoni hisoblangan. Ammo oxirgi o'n yilliklarda dengiz o'z hajmining 90%ini yo'qotib Orolqum dengiziga aylanib qoldi. Falokat mahalliy aholining sog'ligi, iqtisodiy holati va hududdagi bioxilmahillikka fojeaviy ta'sir ko'rsatdi.

“Afsuski, biz dengizga suvni qaytarib fojeani orqaga qaytara olmaymiz. Lekin biz qilishimiz mumkin bo'lgan ish, bu – odamlarda kelajak uchun umid yaratishdir. Biz butun dunyo bo'ylab ushbu fojea haqida xabardorlikni oshirgan holda global hamjamiyat yordami bilan zaharli qumlar makoni bo'lgan cho'lni saksovul daraxtlarining yashil o'rmoni bilan qoplashimiz mumkin,” – deb izoh berdi Akselerator laboratoriya mutaxassisi Farida Ahmatiy.

Tashabbus ikkita o'zaro bog'liq maqsadlarga ega: 1) Orol dengizi fojeasi va uning oqibatlarni bartaraf etish yo'lida O'zbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyat tomonidan qilinayotgan ishlar to'g'risida global va milliy miqiyosda xabardorlikni oshirish; 2) Orolbo'yi hududidagi keng miqiyosdagi o'zgarishlarga strategik hissa qo'sha olish potentsialiga ega muqobil moliyalashtirish instrumentlarini sinab ko'rish.

 

Qurigan dengiz tubida yashil o'rmon qoplamasi hududini kengayishi kabi to'g'ridan-to'g'ri afzalliklardan tashqari, ko'kalamzorlashtirish ishlaridan qator bilvosita ijobiy natijalar, shu jumladan, bioxilmahillikning ortishi, turmush sharoitlarning yaxshilanishi va barqaror daromad olish uchun yangi manbalarning yaratilishi ham kutilmoqda.

Tashabbus Orolbo'yi hududining murakkab va o'zaro aloqador muammolariga mujassam yondashuvning bir qismi bo'lishi kutilmoqda. O'zbekiston hukumati Orolbo'yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish kontseptsiyasida belgilangandek hududda keng miqiyosli innovatsion o'zgarishlarni olg'a surayotgan bir davrda, tashabbus BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasining hududga keng miqiyosli o'zaro muvofiqlashtirilgan ko'mak berish dasturining bir qismi bo'ladi.

“Biz birgalikda harakat qilish uchun platforma va vositalarni taqdim etmoqdamiz. Biz sa'y-harakatlarni birlashtirib, barcha sheriklarning ijodiy va maqsadli yondashuvini kafolatlamay, shu bilan birga, har bir shaxsiy hissa ahamiyatiga alohida urg’u berib o’tmoqchimiz,” deb ma'lum qildi BMTTD Doimiy Vakili Matilda Dimovska.

GreenAralSea.org veb-sayti ushbu tashabbusi to'g'risida batafsil ma'lumot beradi, shuningdek, tashabbusni qo'llab-quvvatlash uchun o'zbek so'mi va AQSh dollarida moliyaviy ko'mak berish uchun imkoniyat yaratiadi. Taqdim qilingan ham bir AQSh dollari yoki 10 000 so'm bir saksovul ko'chatining ekilishi va uning keyinchalik nazorat qilinishi imkonini beradi.

­­­­­­­­­­­­­­­­___________________________________________________________________

Akselerator laboratoriyalar BMTTDning rivojlanish masalalarida yangicha ishlash yo'lidir. Dunyoning 78 mamlakatida 60 ta laboratoriya milliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda hozirgi davr rivojlanish maqsadlarining murakkabligiga mos keluvchi yangi yondashuvlarni topish ustida ishlaydi.

Green Aral Sea – Orol dengizi tubini ko'kalamzorlashtirish tashabbusi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun BMT Taraqqiyot Dasturining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassisi Feruza Nomozova bilan feruza.nomozova@undp.org elektron manzili yoki (998) 78 1203460 telefon raqami orqali bog'laning.

Icon of SDG 01 Icon of SDG 03 Icon of SDG 08 Icon of SDG 10 Icon of SDG 13 Icon of SDG 15 Icon of SDG 17

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve