“Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'rsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

14-February, 2020

UNDP Uzbekistan image

2020 yil 13-14-fevral kunlari biz, bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda, “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'rsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o'tkazdik. 

Seminar-treningda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Buyuk Britaniya elchixonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mas'ul xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Seminar-treningning maqsadi vazirlik va idoralar mutaxassislarining milliy dasturlarni amalga oshirishda muvaffaqiyat ko'rsatkichlari ishlab chiqish usullarini qo'llash va qonun hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash bo'yicha malakasini oshirishdan iborat.

Buning uchun tajribali xalqaro ekspertlar murabbiy sifatida jalb etildi.
Ushbu anjuman norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlarning ishlab chiqish, qabul qilish bo'yicha tajribasini o'rganish masalalariga bag'ishlangan bir qator tadbirlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Mazkur tadbir mavzusining ahamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo'llaggan murojaatnomasida belgilangan vazifalar bilan chambarchas bog'liq.
2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri sifatida qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlari jarayoniga ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish belgilgan.

Seminar-trening yakunida qonun hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.