«Startap-tashabbuslari» dasturining to‘rtinchi davri yakuniy bosqichi ishtirokchilarini kutib oling

6-March, 2020

UNDP Uzbekistan

3 mart kuni «Startap-tashabbuslari» yoshlarning innovasion g‘oya va startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining (keyinroq matnda – Dasturi) 4-chi davri «Demo Day» maxsus tadbiri bilan yakunlandi. Ushbu tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan salarab olingan 27 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim etdilar. «Demo Day» yakunida eng yaxshi beshta loyihalar o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun beg‘araz sarmoya shaklidagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. 

Dasturning 4-chi davri yurtimizning barcha mintaqalarini qamrab olib, misli ko‘rilmagan darajada arizalar qabul qildi. Qabul qilingan 648ta loyihalardan 179tasi dasturda ishtirok etishga saralab olinib, ulardan 27tasi final bosqichigacha yetib keldilar va o‘z loyixlarini «Demo Day» kuni istiqboldagi sarmoyachilar va manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Dastur doirasida onlayn ta'lim, sayyohlik xizmatlari ko‘rsatish, bandlikka ko‘maklashish, tibbiyotga sun'iy idrokni joriy etish, maishiy xizmatlar soxasidagi, hamda tibbiyot, robototexnika va lingvistika sohalaridagi loyihalar taqdim etildi.

2 mart kuni 12 nafar biznes soxasi ekspertlari, muvoffoqiyatli tadbirkorlar, jamg‘armalar va venchur sarmoyachilaridan iborat hakamlar xay'ati «Demo Day»da taqdim etilgan loyihalarni baholadilar. Ularning baholari asossida beshta istiqbolli loyihalar tanlab olindi va ular sertifikat, billur kubok va raqamli iqtisodiyotni irvojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 50 million so‘mlik mukofot cheki bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “C-Space” va “Ground Zero” kovorking markazlari va Isroil davlati elchihonasi kovorking markazlardan foydalanish uchun bepul obuna va startaplarni rivojlantirish haqida kitoblar sovg‘a qildilar.

Bu yilgi goliblar quyidagi jamoalar bo‘ldilar:

2work – ish bilan band bo‘lganlar uchun tender asosida O‘zbekiston hududida maishiy va biznes hizmatlarini ko‘rsatish elektron platformasi.

Mammo Cancer AI – sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalanib rentgen tasvirlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, shifokor turli sabablarga ko‘ra aniqlay olmagan (aniqlash qiyin joylar, shifokor charchashi va hato omillari) ko‘krak bezi saratonini aniqlash qobiliyatiga ega ilova.

StomaCRM – stomatolog shifokor va klinika egalariga ish jarayonlarini avtomatlashtirishga, hujjatlarni rasmiylashtirishdan halos bo‘lishga, vaqtni tejashga va biznes miqyosini kengaytirishga halaqit beradigan harajatlarni kamaytirishga yordam beradigan dastur.

Med ID – barcha turdagi tibbiyot muassasalari uchun universal CRM tizimi. Tizim univrsal bo‘lib, oson sozlanadi va bitta honadan tortib har-qanday tibbiyot markazlari to‘riga mos keladi. 

Vegan.uz – iste'mol tartibini yaxshilashni istaganlar, vazn tashlashni hohlaganlar, parhez cheklovlarga ega bo‘lganlar, shuningdek soglom turmush tarzini olib boradiganlar uchun vegetarian taomlar va shirinliklar tayyorlash va yetkazib berish.

«Demo Day»ga taqdim etilgan startap-loyihalar – «Startap-tashabbuslari» qo‘llab-quvvatlash dasturi ishtirokchilaring uzoq mehnati mahsulidir. Uch oy mobaynida jamoa yetakchilari va a'zolari trekerlar (biriktirilgan ustozlar) qo‘l ostida maksadli mijozlar muommolari va ehtiyojlarini o‘rgandilar, o‘z tahminlarini tekshirib ko‘rdilar, kichik ishchi modellarni yaratdilar, ularni amaliyotda sinab ko‘rdilar, birlamchi “qo‘lbola” savdoni amalga oshirdilar, loyihalarning kamchiliklarini tahlil qildilar va ularni mukammallashtirdilar. 

Dasturni amalga oshirish davomida jamoalar “tejamkor startap” (Lean Startup) uslubiyatidan foydalanib startapni rivojlantirish asoslarini o‘rganish va uni muvafaqqiyatli biznesga aylantirishga qaratilgan  amaliy seminarda ishtirok etdilar. Seminarlar Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida qo‘shni viloyatlardagi saralangan loyiha jamoalarini taklif etib o‘tkazildi.

Shuningdek, startap loyihalarini amalga oshirish hamda ularni tayyorlash va taqdimotini o‘tqazish uchun yuqori malakali ekspertlar va ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlar ishtirokida mahorat darslari va maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi.

Dasturning 4-chi davri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan bizning birlashgan loyihada "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" qo‘shma loyihasi doirasida, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki (IT-Park) va “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.