Toshkentda ishchi kasblar orasida birinchi ochiq chempionati bo’lib o’tmoqda

16-December, 2019

UNDP Uzbekistan image

16-17 dekabr kunlari Toshkentda 18 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida WorldSkills standartlari bo’yicha ishchi kasblarning Birinchi Ochiq chempionati bo’lib o’tmoqdai.

Ikki kun davomida musobaqa ishtirokchilari 10 ta quiyidagi kasb turlari bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar:  

·  Santexnika va isitish tizimlari;

·  Chilangarlik texnologiyalari;

·  Quruq qurilish va suvoq ishlari;

·  Oshpazlik mahorati;

·  Modalar texnologiyasi;

·  Mehmona boshqaruvi;

·  Restoranda xizmat ko’rsatish;

·  Biznes uchun dasturiy yechimlar;

·  Elektromontaj.

 

Chempionat poytaxtimizning Yashnabod tumanidagi yaqinda ishga tushirilgan band bo’lmagan aholiga xizmat ko’rsatuvchi “Ishga marhamat” Monomarkazida bo’lib o’tadi va unda Toshkent, Buxoro, Samarqand va Shaxrisabzdan hamda Tatariston va Qozog’iston terma jamoalari, Nijniy Novgorod va Moskvadan yosh kasb egalari qatnashadilar.

Tadbir Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi va Ischi kasblarni rivojlantirish va ommalshtirish Uyushmasi tomonidan, biz bilan hamkorlikda va “Yosh mutaxassislar” Ittifoqi (WorldSkills Russia) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Hozirda mehnat munosabatlari Vazirligi bilan birgalikda “BMT Taraqqiyot Dasturi – Rossiya Fedratsiyasi Taraqqiyot uchun” Sheriklik Jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish” Loyihasini amalga oshirayotgan bo’lib, undan ko’zlangan maqsad O’zbekistonda bandlikga, ayniqsa yoshlar (universitet va kollej bitiruvchilari, yosh xotin-qizlar v.b.) bandligiga ko’maklashish, O’zbekiston Hukumatiga mehnat bozorida faol tashabbuslarni amalga oshirish orqali yordam berishdir.

«WorldSkills International – bu xalqaro notijoriy harakat bo’lib, butun jahon bo’ylab ishchi kasblarni obro’yi, maqomi va kasbga o’qitish me’zonlarini yuksaltirishni o’z oldiga maqsad qilgan. Uning asosiy faoliyati yoshlar uchun turli darajadagi kasbiy musobaqalarni tashkillashtirish va o’kazishdan iboratdir” -dedi Matilda Dimovska, O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining Doimiy Vakili. 

Har ikki yilda WorldSkills ishchi kasblarning Xalqaro chempionati o’tkazilib, uni yana “Ishchi kasblar Olimpiadasi” deb ham aytishadi. 22-27 avgust kunlari Qozon shahrida WorldSkills 45-chi Ishchi kasblar mahorat Chempionati Qozon-2019 bo’lib o’tdi va bunday musobaqalar tarixidagi eng yirigidan biri deb e’tirof etildi. Unda 63 davlatlar va hududlardan 1300 ishtirokchilar qatnashib 56ta kasblar bo’yicha musobaqalashdilar.

     O’zbekistonda o’kazilayotgan chempionat ham o’sha halqaro maqsadlarni, ya’ni ishchi kasblarni ommalashtirish, kasb egalari malakasini oshirish va milliy oliy hamda o’rta-maxsus ta’lim tizimi kasblarni baholash sohasiga xalqaro me’zonlarni tatbiq etishni maqsad qilib qo’ygan.