Qishloq xo'jaligining rivojiga yangicha yondashuv

4-December, 2019

UNDP Uzbekistan

Zamonaviy qishloq xo‘jalik amaliyotida meteostansiyalar roliga bag‘ishlangan seminarlarda fermerlar bilan biz nafaqat ob-havo haqida suhbatlashdik, balki ekinlardagi zararkunandalar va kasalliklarning tarqalishini prognozlashtirish va oldini olish masalalarini ham ko‘rib chiqdik.

Seminarlar joriy yilning 27-29 noyabr kunlari BMTTD hamda Savdo sanoat palatasi hamda BMTTD hamkorligida Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida Farg‘ona vodiysi shaharlari bo‘ylab tashkil etildi.

“Mazkur seminarni sabrsilik bilan kutgan edim” – deydi, ishtirokchilardan biri Oybek Xasanov. Sal avvalroq bog‘dorchilikka bag‘ishlangan seminarlarning birida To‘raqo‘rg‘on tumanida meteostansiyaning ishi bilan tanishib, tinchimni yo‘qotdim, desam ham bo‘laveradi. Bu yilgi hosilim zararkunandalar va kasalliklardan aziyat chekdi. O‘ylayman-ki, agarda vaqtida ularning tarqalish alomatini sezganimda hosilimni saqlab qolgan va kurash uchun sarflangan bir talay vaqtim va mablag‘imni tejagan bo‘lar edim.

Tajribalar shuni ko‘rsatadi-ki, meteostansiyalarni qo‘llash prognozlashtirish, o‘z vaqtida olib boriladigan profilaktik, agrotexnik va nazorat ishlari tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdorini oshirish imkoni bor. Bundan tashqari, barcha ustuvorliklari bilan birga meteostansiya sezilarli darajada resusrlarni ham tejashga yordam beradi. Misol uchun, tuproq va yaproqlar namligini aniqlash xususiyati sug‘orishning miqdor va me’yorini rejalashtirishda, kasallik va zararkunandalarning tarqalishi haqida ogohlantirishi esa o‘z vaqtida himoya choralarini ko‘rish imkoniyatini beradi, bu o‘z navbatida, kurashishga nisabatan ancha tejamliroqdir.

            Seminar treneri meteostansiya xususiyatlari bilan batafsil tanishtirib bo‘lgach, ishtirokchilardan –savollar bormi, deya so‘radi. Aniqlanishicha savollar bor va juda ko‘p edi. Ularni tashvishga solayotgan, yig‘ilib qolganlari haqida so‘rashdi - meteostansiya orqali zararkunandalar va kasalliklar bilan qanday kurashish kerak, agar ular yildan-yilga ular kuchayib borayotgan bo‘lsa, daraxtlar normal rivojlanishi uchun intensiv va an’anaviy bog‘larda sug‘orishni qanday to‘g‘ri tashkil etish kerak, metestansiya bashorati qanchalik aniq, kim ishlatadi va mutaxassis o‘z ishini bajarishi uchun uni qanday rag‘batlantirish kerak. Shuningdek, qancha fermer xo‘jaliklari taqdim etilayotgan xizmatlardan va ma’lumotlardan qanday foydalanishlari va qay tarzda barqarorligini ta’minlash mumkinligi haqida mulohaza yuritdilar.

“Meva-sabzovotchilik jadal rivojlanayotgan davrda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish juda muhim jarayondir. Meteostansiyaning o‘rnatilishi, karantinli ob’ektlarga qarshi kurashishda bizning ishimizni ham ancha osonlashtiradi deb o‘ylayman. Ushbu texnologiyalar yordamida monitoring, bashorat qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga sarflaydigan vaqtimizni sezilarli darajada tejab berishi mumkin». - deydi karantin nazoratchisi Alisher Raximov.

Avvalroq uzumchilik va kuzgi agrotexnik tadbirlarga bag‘ishlangan seminarlarimizda meteostansiyalar haqida qisman ma’lumotlar bergan edik. Bugungi mavzu esa mazkur seminarlarning mantiqiy davomi bo‘lib, kuzga rejalashtirgan tadbirlarimizning yakunlab berdi.

Ta’kidlash joizki, «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasining doirasining mazkur bosqichida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining tajriba tumanlarida 9 ta meteostansiya qo‘yilishi rejalashtirilgan.

BMTTDning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirish borasidagi faoliyati 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi hamda BMT a’zo davlatlari qabul qilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

***

«Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilmoqda.