UNDP Uzbekistan image

Endi mahalliy boshqaruv organlari qaror qabul qilishda iqlim o‘zgarishlarini

ham e'tiborga olishadi.

22 noyabr kuni Urganchda «Mahalliy boshqaruv organlarida qaror qabul qilishning zamonaviy usullari va bu jarayonda iqlim o‘zgarishi omillarini hisobga olish» mavzusidagi seminar tashkil etildi. 

Seminarda mahalliy boshqaruv organlari va hududiy o‘zini-o‘zi boshqarish organi hisoblanuvchi mahallalarda qaror qabul qilishda gender masalasining ahamiyatiga e'tibor qaratildi. Qaror qabul qilish jarayoni bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va xalqaro amaliy tajribalar o‘rganib chiqildi.

On November 22, we, in cooperation with the Government of the Republic of Uzbekistan, and the Global Environment Facility organized a seminar called “Modern approaches in decision-making in view of climate change."

Ishtirokchilar shaharsozlik faoliyati, elektr iste'moli, atrof-muhit himoyasi, energiya samaradorligi, yer ajratish, qurilishga ruxsat berish, qurilish materiallaridan foydalanish kabi masalalarga oid qarorlar qabul qilish jarayonini boshqaruvchi normativ-huquqiy bazalarni takomillashtirish, ularni qabul qilishda iqlim o‘zgarishlarini xam hisobga olish kabi masalalarni muhokama qildilar.

Xorazm viloyat qurilish bosh boshqarmasi bo’lim boshlig‘i Anvar Utamuratov qayd etganidek:

"Turar-joy sohasining energiya iste'moli, qolaversa, issiqxona effektini yuzaga keltiruvchi zararli gazlarni ishlab chiqarishga qo‘shadigan xissasi ega ekanligi butun dunyo miqyosida ta'kidlanmoqda. Shu sababli ham turar-joy sohasida energiya samaradorligiga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Qayd etish joizki, uy-joy sohasida energetik samarador va kam miqdorda zararli gazlar ishlab chiqaruvchi binolar qurishga o‘tish tabiatga sezilarli darajada ijobiy ta'sir etuvchi arzon va toza energiya turlaridan foydalanish imkonini beradi."

Savol-javoblar sessiyasida seminar ishtirokchilar aholi yashash joylarini ekologik jihatdan rivojlantirish bilan bog‘liq masalani hal etishdagi me'yor va talablarni o‘rganib chiqishda qator hujjatlarga murojaat etishlari kerakligi ularga qiyinchilik tug‘dirayotganligini ta'kidlashdi. Bu hujjatlar miqdor jihatdan ko‘pligi va o’rganib chiqish uchun ko‘p vaqt talab etishidan tashqari, ularning o‘zaro bog‘liqligi ham sustligini ta’kidlashdi.

Urganchda bo'lib o'tgan seminarda dizayn va qurilish tashkilotlari, shahar hokimligi, kadastr, Qurilish vazirligi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi departamenti va "Qishloq Qurilish Invest” (Qishloq Qurilish bank) ning mintaqaviy 30 nafar vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar atrof-muhitni muhofaza qilish va mahalliy hamjamiyat darajasida iqlim o'zgarishi oqibatlarini kamaytirish maqsadida seminar davomida berilgan barcha tavsiyalarni o'z vaqtida va samarali bajarish uchun hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

«O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar joy binolarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish»  - BMT Taraqqiyot dasturining 2017 yilda tashkil etilgan loyihasi bo'lib, o'sha paytdan beri O'zbekistonning beshta viloyatida (Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Farg'ona va Xorazm) 800 ta samarali uy-joy qurilishiga yordam beradi.

 

Icon of SDG 09 Icon of SDG 11 Icon of SDG 17

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve