O'zbekistonda energiya samaradorligini oshirish yo'lida.

4-November, 2019

UNDP Uzbekistan image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi/GEF va O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining «O'zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko'maklashish» qo'shma loyihasi tomonidan energiya samarador (ES) va kam uglerodli (PU) yechimlar bo'yicha bir kunlik biznes-forum tashkil etiladi.

Tadbir ES va PU kurilish materiallari va uskunalarini ishlab chikaruvchi yetkazib beruvchilari uchun bozorda mavjud yechimlarni namoyish etishga imkon beradi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar/etkazib beruvchilar, qurilish kompaniyalari, banklar, loyihalash tashkilotlari, ES va PU uylarining potentsial xaridorlari uchun yig'ilib, mavjud bozor yechimlarini kengaytirish bo'yicha zarur choralarni muhokama qilish, yangi ES va PU texnologiyalarini joriy etish, fikr almashish va tegishli tomonlar o'rtasida o'zaro aloqalarni o'rnatish. Bundan tashqari forum, mutaxassislar, manfaatdorlar va keng jamoatchilik orasida bozorda mavjud bo'lgan ES va PU yechimlari to'g'risida xabardorlikni yanada oshiradi.


Tadbir quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi:

• Manfaatdorlar, qurilish kompaniyalari, loyihalash tashkilotlari, ekspertlar, nazorat qiluvchi organlar va keng jamoatchilikni bozorida mavjud energiya samarador va energiya tejash yechimlar to'g'risida xabardorligini oshirish;
• Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ES va PU texnologiyalari va materiallarini etkazib beruvchilarga:
 -  bozorning holati va tuzilishi, ta'minot zanjiri rivojlanishi va yangi yechimlar va  
    texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha o'z fikringizni bildiring;
 -  qurilish me'yorlari va koidalari ishlab chiqaruvchilari, loyihalash va qurilish 
    firmalari bilan qurilish sohasida ES va PU yechimlarini amalga oshirish 
    masalalarini muhokama qilish;
-   tashkil etilgan mini ko'rgazmada ES va PU uchun bozorda mavjud bo'lgan texnologiyalar  
    va qurilish materiallarini namoyish etish.
• Yashil ipoteka mexanizmlari va bunday bank mahsuloti va mexanizmining aholiga bo'lgan afzalliklari to'g'risida xabardorlikni oshirish ;
• Yangi ishlab chiqilgan loyihalar, ES va PU uy-joy qurilishi bo'yicha me'yorlar va qoidalar to'g'risida xabardorlikni oshirish;
• Shahar va qishloq aholi punktlarining hududiy rivojlanishi to'g'risida xabardorlikni oshirish;
• Asosiy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.


Tadbirda 150 tagacha ishtirokchilar - vazirliklar, idoralar, viloyat hokimiyat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda (Qurilish vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi uy-joy va kommunal qurilish vazirligi, viloyat hokimliklari, Qishloq qurilish loyxasi, Kishlok kurilish invest, Qishloq qurilish bank va boshqa banklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar/ES va PU texnologiyalarini etkazib beruvchilar, loyihalash institutlari; Osiyo tarakkiyot banki,  Jahon banki,va Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Frantsiya taraqqiyot agentligi nodavlat va notijorat tashkilotlari, O'zbekistonda BMTTD loyihalari va boshkalar).

Biznes-forum ikki qismdan iborat: birinchi qism - yalpi majlis, ikkinchisi - ba'zi tematik sessiyalar. Yalpi majlis barcha ishtirokchilar uchun konferentsiya xonasida bo'lib o'tadi. Bo'limlar to'rtta tematik sohaga bag'ishlanadi: yashil ipoteka, energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalari va materiallari ta'minot zanjirini rivojlantirish, energiya tejovchi loyixa yechimlari, qurilish qoidalari va shahar va qishloq aholi punktlarini hududiy rivojlantirish qoidalari.

Biznes-forum davomida ES va PU texnologiyalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qurilish materiallari mini-ko'rgazmalari uchun jihozlangan stendlar tashkil etiladi.