Dexoji massividagi energetika jihatidan samarador uylarga rasmiy tashrif

20-November, 2019

UNDP Uzbekistan image

20 noyabr kuni Buxoroda BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili o'rinbosari Doina Munteanu va Buxoro viloyati hokimining qurilish bo'yicha o'rinbosari Narzullo Hamdamovlarning uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tashrif BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston qurilish vazirligi va Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energetik samarador qishloq turar joy binolarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasidagi ko‘rilayotgan energosamarador va past uglerodli qishloq uy joylari monitoringi, xususan, Buxorodagi Dexoji massividagi uy joylarga tashrif buyurib, ularni ko‘zdan kechirishga qaratilgan.

Qo‘shma loyihaning maqsadi O‘zbekistondagi qishloq aholisini yaxshilangan, namunali va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan yashash sharoitlari bilan ta’minlashdir. Loyiha O‘zbekistonda jadal rivojlanib borayotgan qishloq hududlarida uy joy quruvchiligi sohasini yanada barqarorlashtirish, issiqxona effektini yuzaga keltiruvchi gazlarni kamroq ishlab chiqaruvchi uylarni qurishga qaratilgan.

Uchrashuvda Doyna Muntyanu honim quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Loyihadagi hamkasblarim Buxoro viloyati Qishloq uy joylari qurilishi dasturining barcha ishtirokchilari, jumladan, “Qishloqqurilishloyiha”, “Qishloqqurilishbank”, “Qishloqqurilishinvest” va boshqalar, loyihamiz doirasida energiya samarador va past uglerodli yechimlarni yuqori darajada joriy etayotganliklarining guvohiga aylanishdi.

2019-yil davomida loyiha zararli uglerodlarni kam ishlab chiqaruvchi bir qavatli uylarni qurilishinni moliyalashtirdi. 2020-yildan boshlab esa bu turdagi ko‘pqavatli uylar qurilishini moliyalashtirishni rejalashtiryapmiz. Buxorodagi tajriba asosida butun respublika bo‘ylab qator ko‘pqavatli uylarni moliyalashtirishni rejalashtirganmiz, - dedi Muntyanu xonim. Shuningdek, u quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

2020-yil davomida aynan Buxoro viloyatida quruvchi kompaniyalar uchun treninglar o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Kelgusida butun respublika miqyosida energetik tejamkor uy joylar qurishda ham aynan ular bilan hamkorlik qilish niyatidamiz."