Bosh rejalarni ishlab chiqishda zamonaviy yondashuv

5-September, 2019

undp_uz

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston hukumatiga qishloq aholisini atrof muhitga zarar keltirmaydigan qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlashda ko‘maklashib kelmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda qishloq joylarida uy-joy qurilishi jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan yerdan unumli foydalanishni ta'minlaydigan barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tish masalasi ko‘tariladi. Bunga shahar va qishloqlar bosh rejalarini ishlab chiqishda samarali va innovatsion yechimlarni kiritish orqali erishish mumkin, chunki hududlarning shaharsozlik rivojlanishi aholi uchun barqaror hayotni yaratish jarayonining asosiy bosqichlaridandir.

BMTTD/GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida, 5-avgust kuni Xorazmda, 15-avgustda Buxoroda, 19-avgustda Surxondaryoda, 23-avgustda Samarqandda va 26-avgustda Farg'ona viloyatlarida mahalliy mutaxassislar, (xususan arxitektor, shaharsoz, dizayner, muhandis va quruvchilar) loyiha tashkilotlari, arxitektura byurolari va tegishli davlat organlarining mintaqaviy bo‘limlari vakillari uchun bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha trening tashkil etildi.

 

Ushbu treninglar orqali shahar va qishloqlarning bosh rejalarini ishlab chiqish, kelishish, «Smart city» aqlli shaharlarini rivojlantirishga zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda 5 viloyatda 170 dan ortiq ishtirokchilar shaharsozlik sohasidagi bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ahamiyatlisi, mazkur tadbirlar bahonasida mahalliy loyiha tashkilotlari vakillari o‘zaro fikr almashishga hamda bosh rejalarni ishlab chiqishda zamonaviy yechimlar bilan bog'liq savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Trening urbanizatsiya jarayonlari, shuningdek zamonaviy loyihalarni ishlab chiqish tizimlari, aqlli shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro amaliyotga bag'ishlangan turli tematik munozaralar asosida o‘tkazildi. Tinglovchilarga bosh rejalarni ishlab chiqishda jahon amaliyotining zamonaviy yechimlari namoyish etildi. Energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalarni ishlab chiqarish va uy-joy qurilishi bo‘yicha turli xil bahs va munozaralar asosida o‘tkazilgan trening, ishtirokchilarga o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

--Bugungi kunda O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, – deydi «Shaharsozliklik LITI» DUK bosh loyiha instituti Samarqand viloyati filiali direktori Bakirov Xayot. – Deyarli barcha shaharlarda yirik shaharsozlik infratuzilma loyihalari, biznes shaharchalari qurilmoqda, shu asosda katta miqdordagi xorijiy sarmoyalar oqimi kuzatilmoqda. Yirik xorijiy loyiha tashkilotlari ham bunday loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgainidek, mahalliy mutaxassislar ham chet ellik hamkasblari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatlarini rivojlantirib, bilim va salohiyatlarini oshirishni istaydilar.Men BMTTDga shunday seminarlarni tashkillashtirishdagi va tajribali xalqaro mutaxassislarni jalb qilishdagi sa’y-haraktlari uchun minnatdorlik bildiraman. Ko‘proq ma'lumot olish va hamkasblar bilan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat tug’ilmoqda. Bugungi seminar tufayli viloyat qurilish va kadastr boshqarmalari vakillari, shuningdek, shahar va tumanlar hokimlarining bir qator o‘rinbosarlari o‘zaro fikr almashdilar va har bir qabul qilinayotgan qarorlar barcha manfaatdor tashkilotlar tomonidan birgalikda ko‘rib chiqishlari kerak degan fikrga kelishdi.

Bosh rejalarni ishlab chiqish har qanday qurilish ishlarining asosi hisoblanadi, – deydi Buxoro viloyatining bosh me'mori Zuxriddin Muxiddinov. – So‘nggi paytlarda Farg'ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ro‘y bergan eski binolarning buzilishi bilan bog’liq hodisalardan so‘ng ushbu mavzuning dolzarbligi yanada oshgan. BMTTD qurilish sohasidagi mutaxassislarning bilimlarini oshirishda faol qatnashmoqda va bugungi seminar ham biz, ijrochilar, shahar va qishloqlar bosh rejalarini tuzishda juda ham e’tiborli, shu jumladan iqlim o'zgarishi va binolarning energiya samaradorligini oshirishni hisobga olgan holda ilg'or tajribalarni o'rganishimiz, hamda shahar va qishloq aholi punktlari uchun bosh rejalarni tuzishda ehtiyotkorona bo'lishimiz va malakamizni tizimli ravishda oshirib borishimiz kerakligini ko‘rsatdi.

Trening yakunida uning ishtirokchilari o‘rtasida kelajakda mashg'ulotlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash maqsadida so'rov o'tkazildi.