Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish: imkoniyatlar va istiqbollar

27-August, 2019

UNDP image

Iqlimning global oʻzgarishi sharoitida agrar tarmoq uchun iqlim xatarliklarini boshqarishga integratsiyalashgan yondashuvni ishlab chiqish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha choralarni amalga oshirish zarur. Bunday yondashuv, qishloq xoʻjaligini boshqarishning iqlimga barqaror asoslarini yarata borib, iqlim oʻzgarishi va iqlimga bogʻliq xavfli holatlarining salbiy taʼsirlari natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi. Bu yoʻnalishdagi meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish fermer xoʻjaliklari darajasida moslashtirish boʻyicha xalqaro tajribani joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlanishini va uni kelgusida keng koʻlamda tarqatilishini taʼminlaydi.

Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni keng muhokama qilish uchun 2019 yilning 22 avgust kuni BMTTD koʻmagida Toshkent agrar universitetining Nukus filialida “Iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha yaxshi baholangan qishloq xoʻjalik choralarini keng qoʻllashni ragʻbatlantirish uchun  meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish / takomillashtirishda ekspert bilimi va yordami” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningda qayd etildi.

2014 yildan buyon BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda  Adaptatsion fondni moliyaviy koʻmagidagi  “Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Asosiy maqsadlar orasida - qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi iqlimga barqaror amaliyotlarni joriy etish, hamda landshaft darajasida iqlim oʻzgarishi oqibatlari natijasida qurgʻoqchilikni koʻpayishi xatarliklariga moslashuv boʻyicha yondashuvni amalga oshirish. Loyiha mutaxassislari tomonidan hozirgi kunda innovatsion yechimlarsiz ish yuritib boʻlmaydigan moslashish choralarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan amaldagi meʼyoriy-huquqiy baza tahlil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ilmiy tadqiqot va amaliy ishlarni rivojlantirish, ekotizim va barqaror turmush tarzini yaxshilash, qurib qolgan Orol dengizi tubidagi shoʻrhok yerlarda ilgʻor tadqiqotlar tajribalarini va innovatsiyalarni joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolboʻyi Xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi. Bizning oldimizda moslashuv agronomik amaliyotlarni ragʻbatlantiradigan qonunchilik va huquqiy bazani yaratish uchun mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatlashdek vazifa turibdi. Iqlim oʻzgarishi oqibatida qishloq xoʻjaligi uchun yuzaga kelgan xatarliklar barcha muayyan foydadan ustun ekanligini yodda tutish muhimdir”, - deydi Hasan Mamarasulov, loyiha konsultanti.

Seminar davomida fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan ishlashni, hamda suv va yer resurslarini samarali boshqarish amaliyotlarini, iqlimiy barqaror dehqonchilikni joriy qilishni kuchaytirish zarurati taʼkidlandi. Qishloq xoʻjaligida davom etayotgan islohotlar va fermer xoʻjaliklarini kengaytirish jarayonlari natijasida fermerlar va dehqonlar borgan sari kengroq qishloq xoʻjaligi modernizatsiyasining izdoshlari boʻlishlari, ular, teng ravishda, yangi texnologiyalar va usullarni joriy eta borib, dehqonchilik va yaylovlar amaliyotini iqlimiy barqarorligi tomon oʻzgarishining yetakchilari boʻlishlari kutilmoqda. Shuning uchun, mamlakatning meʼyoriy-huquqiy maydonidagi yuz berayotgan va kelajakdagi oʻzgarishlar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligiga taʼsir qiladigan va barcha joylarda moslashuv amaliyotlarini joriy qilishga koʻmak beruvchi iqlim oʻzgarishlarining omilini inobatga olishi darkordir.

Treningda ishtirok etishga Qoraqalpogʻiston Respublikasining vazirlik va idoralari, yaʼni, Jokargi Kenes, Vazirlar Kengashi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fermerlar Kengashi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsiyalar boʻyicha markaz, Toshkent agrar universitetining Nukus filiali, Savdo-sanoat palatasi va Davyergeodezkadastr vakillari taklif etilgan. Seminar-trening 27 avgustga qadar 580 nafar ishtirokchini qamrab olgan holda Qoraqalpogʻistonning Kegeyli, Chimboy, Qanlikoʻl, Taxtakoʻpir va Moʻynoq tumanlarida oʻtkazildi.