Biznes-treninglarni o'tkazish orqali mahalliy kompaniyalarning salohiyatini mustahkamlash

14-August, 2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O'zbekiston hukumatiga qishloq aholisini atrof muhitga zarar keltirmaydigan qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlashda ko’maklashib kelmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston qishloq uy-joylari qurilish sectori jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, va bu o’z navbatida bu sektorni issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishni ta'minlaydigan barqaror rivojlanish tamoyillari asosida takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu maqsadga qishloq aholisi orasida energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyani joriy qilish yo’li bilan erishish mumkin.

BMTTD/GEF va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko’maklashish" qo’shma loyihasi doirasida, Farg'ona viloyatida (7 iyul), Samarqand viloyatida (12 iyul), Buxoro viloyatida (18 iyul), Surxondaryo viloyatida (7 iyul), Xorazm viloyatida (29 iyul) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (31 iyul) energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalar, materiallarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qishloqda energiya tejamkor va kam uglerodli uylarini qurish bilan shug'ullanadigan korxonalar vakillari uchun marketing bo'yicha biznes trening tashkil etildi.

6 ta viloyatta 100 dan ortiq ishtirokchilari marketing miks, marketingda targibot kanallari, xoridor servisi va raqobatbardosh pozitsiya strategiyasi va marketing faolatining tahlillari kurslarida salohiyatni oshirishga muvaffaq bo'ldi. Marketing ma'lumotlariga qo'shimcha ravishda, energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalari va qurilish kompaniyalari mahalliy etkazib beruvchilari vakillari muloqot, fikr almashish, energiya tejamkor va kam uglerodli echimlari bilan bog'liq savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Qurilish kompaniyalari uchun O'zbekistondagi energiya tejamkor uy-joylarini qurish uchun birinchi yil (2019 yilda 15000 dan ortiq), shuning uchun trening davomida energiya tejamkor va kam uglerodli echimlari bo'yicha ko'plab savollar ko'tarildi.

Energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalarni ishlab chiqarish va uy-joy qurilishi bo'yicha turli xil amaliy tadqiqotlar asosida o'tkazilgan trening, ishtirokchilarga o'z bilimlarini yanada mustahkamlash imkonini berdi. "Win Chemical" MChJ energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniya direktori janob Gulomjon Solievning aytishicha: "Mening kompaniyam Farg'ona shahrida joylashgan va 13 turdagi EE materiallarini ishlab chiqaradi. Bugungi trening men mahsulot marketingi bo'yicha bilimlarni yaxshilash uchun ajoyib imkoniyat yaratdi va mahsulotimizni Farg'ona viloyatidan tashqari O'zbekistonning boshqa viloyatlariga sotishni rejalashtirmoqchiman. Energiya tejamkor va kam uglerodli uy-joy qurilishi va echimlarni ilgari surish bo'yicha BMTTD/GEF loyihasi mavjudligini bilish yaxshi, juda ko'p odamlar uchun energiya tejamkor va kam uglerodli echimlari afzalliklari haqida to'g'ri xabarni etkazish juda o'z vaqtida va zarur. Shuningdek, trening davomida mening energiya tejamkor mahsulotlariga yuqori qiziqish ko'rsatgan qurilish kompaniyalari vakillari bilan uchrashish va suhbatlashishdan xursand bo'ldim“.

Samarqand viloyatidagi "Keramik Bricks" mas'uliyati cheklangan jamiyati menejeri Baxodur Tursunovning ta'kidlashicha: "Kompaniyamiz bir yil davomida faoliyat yuritib kelmoqda va Samarqand viloyatida ko'p foydalaniladigan energiya jihatidan samarali qurilish materiallari (g'ishtlar) ishlab chiqarilmoqda. Men BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o'tkazilayotgan bugungi trening juda muhim edi, chunki marketingning asosiy jihatlari haqida juda yaxshi bilimlarga ega bo'ldim. Kompaniyamiz mahsulotlarini O'zbekistonning barcha viloyatlariga bozorga olib chiqish, marketing bo'yicha bilimlarni eksport qilish va boyitish uchun bu juda muhimdir. Mahalliy kompaniyalar uchun shunga o'xshash va tez-tez trening imkoniyatlarga ega bo'lishiga umid qilaman".

Treningdan so'ng ishtirokchilarga kelajakdagi chuqur ta'luq uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash uchun so'rovlar o'tkazildi va sertifikatlar topshirildi.