Toshkentda kam uglerodli binolar uchun muhandislik echimlari bo'yicha seminar o’tkazildi

1-August, 2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O'zbekiston hukumatiga qishloq aholisini atrof muhitga zarar keltirmaydigan qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlashda ko’maklashib kelmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston qishloq uy-joylari qurilish sectori jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, va bu o’z navbatida bu sektorni issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishni ta'minlaydigan barqaror rivojlanish tamoyillari asosida takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu maqsadga qishloq aholisi orasida energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyani joriy qilish yo’li bilan erishish mumkin.

2019 yil 26 iyul kuni Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Global Ekologik Jamg’arma tarafidan moliyalashtiriladigan "O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarida energiya samarador uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish" qo'shma loyihasi doirasida "Kam uglerodli binolar uchun dizayn va muhandislik echimlari. Fotovoltaik panellar va quyosh suv isitgichlaridan foydalanish bo'yicha eng yaxshi amaliyotlar, ishlaydigan muhandislik echimlari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Trening davomida muqobil energiyani joriy etgan holda loyihalarni ishlab chiqish bo'yicha eng yaxshi xalqaro tajribalar taqdim etildi.

Binolarda quyosh suv isitgichlari va fotovoltaik panellarning asosiy jihatlari va yuqorida ko'rsatilgan uskunalarni qo'llagan holda uylarni loyihalash tamoyillari haqida ta'sirini baholash bo'yicha 25 dan ortiq mahalliy mutaxassislari, (qurilish normalarini ishlab chiqucvhi mutaxassislar, me'morlar, dizaynerlar, muhandislar), jumladan me’morlar byurolari va loyiha tashkilotlari ("Qishloq qurilish loyiha” ToshuyjoyLITI, O’zshaharzo’zlik  LITI, Tashgiprogor ning hududiy bo'limlari va boshqalar) mutaxassislari o’z bilim va malakalarini oshirdilar.

Shuningdek, trening mashg'ulotlarida ishtirokchilarbinolarni loyihalashda ilg'or xalqaro tajribalar, quyosh suv isitgichlari va fotoelektrik panellarni uy-joy qurilishiga integratsiyalashning amaliy echimlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'ldilar.

Trening davomida olingan bilimlar mutaxassislar tomonidan butun O'zbekiston bo'ylab muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda kam uglerodli uy-joylarni loyihalashda foydalaniladi, bu respublika aholisining turmush sharoitini yaxshilashga olib keladi va uy-joy sektorini barqaror rivojlanish yo'llariga yo'naltiradi.