2019 yil 17 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish  vazirligida  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish  vazirligi va BMT TD ning O‘zbekistondagi  Vakolatxonasi bilan hamkorlikda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida davlat boshqaruvini takomillashtirish uchun yaratilgan  Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasini rasmiy ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi  davlat boshqaruvi tizimining keng qamrovli islohotlari amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini kelgusida rivojlantirish  bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar davlatning mamlakat rivojlanishini boshqarish, idora qilish,  uyg‘unlashtirish va rag‘batlantirishdagi ishtirokining barcha sohalari, aspektlari va shakllarini qamrab oladi.

Davlat hukumatining oliy organlari tomonidan qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni murakkab, sermashaqqat hisoblanadi va iqtisod hamda biznes, fuqarolik jamiyati va siyosiy faoliyat  rivojlanishining dolzarb  muammolaridan, shuningdek, bu muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlardan xabardor bo‘lishning yuqori darajasini talab qiladi. Murakkab va ayni vaqtda aniq va manjilli qarorlarni qabul qilishning yuqori templari Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM), Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI),  Ijtimoiy tadqiqotlar  instituti (ITI), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (FJSHMMI)  kabi qator mahalliy tadqiqot markazlari tomonidan xalqaro tashkilotlar ko‘magida o‘tgan yillarda amalga oshirilgan ulkan ilmiy-tadqiqotchilik va ekspert-tahliliy faoliyat natijalari bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonda tizimli islohotlarni  amalga oshirish, institutsional-huquqiy muhitni o‘zgartirilgani sari davlat boshqaruvi, shuningdek, vazirlik va idoralarda oliy organlarga, ular faoliyatini ekspert-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli tarzda ortdi.  Birinchi navbatda, davlat siyosati sohasida O‘zbekistonning xususiyatlarini inobatga oluvchi va hiyla aniq tavsiyalarni olish uchun iqtisodiy, siyosiy, institutsional, ijtimoiy, psixologik, ekologik hamda boshqa sohalardagi tadqiqotchilik usullarini o‘zida birlashtiradigan   kross-sektoral va kross-fanlarga oid tadqiqotlarga talab kuchaydi.

Yuqorida ko‘rsatilgan fanlararo tadqiqotlarni o‘tkazish va davlat boshqaruvida innovatsion g‘oyalarni puxta  ishlab chiqish uchun platforma yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish  vazirligi  tomonidan BMT TD ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi ko‘magida Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG Innovationsand Governance Lab) bo‘yicha Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi ishga tushirildi.

Laboratoriyaning asosiy maqsadi  – boshqaruv  yechimlarini rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlarining samaradorligini oshirish, boshqaruv innovatsiyalari sohasida davlat xizmatchilarining vakolatlarini rivojlantirish, shuningdek, fuqarolar va biznes uchun davlat xizmatlarining sifati hamda ommabopligini yaxshilash maqsadida davlat boshqaruvi tizimida innovatsion yondoshuvlar, usullarni o‘rganish, sinovdan o‘tkazish hamda tatbiq etishdan iborat.

Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

●        2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Innovatsion rivojlanish strategiyasini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;

●        ma’muriy islohotlar,  davlat boshqaruvi  va dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda innovatsion yondoshuvlar va usullarni tatbiq etish sohasida amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va ularning natijalarini sinovdan o‘tkazish;

●        ma’lumotlar tahlili, blokcheyn, sun’iy intellekt, Buyumlar interneti va boshqalarni kiritgan holda ilg‘or raqamli texnologiklardan foydalanish bilan davlat dasturlari, ma’muriy protseduralar va idoralararo o‘zaro harakatlanish tizimini transformatsiyalash bo‘yicha pilot va tajriba loyihalarni amalga oshirish;

●        dizayn tafakkur, axloqiy psixologiya, isbotlovchi siyosat, ma’lumotlar asosidagi boshqaruv, Agile va boshqalarni kiritgan holda innovatsion usullarni sinovdan o‘tkazish maqsadida aqliy hujum, sotsiologik so‘rovnomalar, dialoglar, empirik tadqiqotlarni tashkillashtirish;

●        boshqaruv innovatsiyalari, ilg‘or bilimlar va texnologiyalarni samarali qo‘llash bo‘yicha davlat organlarining vakolatiini mustahkamlashni kiritgan holda innovatsion rivojlanish sohasida O‘zbekistonning inson kapitalini rivojlanishida ko‘maklashish;

●        innovatsion rivojlanish sohasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa davlat organlarining xorijiy oliy o‘quv yurtlari, aqliy markazlari, tahliliy  tuzilmalari, mustaqil ekspertlari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish.

Ochilish marosimida hukumat, davlar tashkilotlari, Toshkentdagi Buyuk Britaniya elchixonasi, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Marosim yakunida Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT TD ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbarlari davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, NNT, ekspertlar hamjamiyati va OAV ni Laboratoriya tadbirlari va loyihalarida faol ishtirok etish hamda yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Icon of SDG 16

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve