BMT TD mehnat migrantlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshiradi

22-April, 2019

27 martda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Farg‘ona, Andijon va Namanganda mehnat migrantlari uchun pilot markazlarga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif  O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining  hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT TD ning «Davlat boshqaruvida ishtirok etish uchun ayollarning huquq va erkinliklarini kengaytirish» nomli hamkorlikdagi loyihasining birgalikdagi tashabbuslari bilan mehnat migrantlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan  amalga oshirish doirasida tashkillashtirildi.

Ushbu tashabbus Farg‘ona vohasining mehnat migratsiyasi yuqori darajada bo‘lgan uchta (Farg‘ona, Andijon va Namangan) viloyatiga yo‘naltirilgan. Xususan, loyiha mehnat migrantlari, ularning oilalari, davlat tuzilmalarining vakillari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mutaxassislarining mehnat migratsiyasi sohasida huquqiy tartibni boshqarish, jumladan, mehnat migrantlariga ijobiy munosabatni hamda migrantlarning muvaffaqiyatli moslashuviga ko‘maklashish motivatsiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Mehnat migratsiyasi bizning davrimizni dolzarb muammosi hisoblanadi. Dunyoda mehnat migrantlarining miqdori har yili o‘sib bormoqda va hozirda 164 mln. odamdan oshdi. Rossiya Federal migratsiya xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra 2010-2014 yillar davomida (har yili)  o‘rta hisobda 840 000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari, 367 000 nafar Tojikiston fuqarolari va 134 000 nafar Qirg‘iziston fuqarolari  Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun  ruxsatnoma oldilar. Bu davrda Rossiyada rasman ishlagan xorijiy ishchilarning umumiy miqdorini yarmidan ko‘pi ularning ulushiga to‘g‘ri keldi.

Ushbu loyiha doirasida migrantlar va davlat tuzilmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari amaliyotida ichki va tashqi mehnat migratsiyasi masalalarini huquqiy jihatdan boshqarish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan qator treninglar uyushtirildi. 2018 yil dekabridan 2019 yil mart oyiga qadar bo‘lgan muddatda Farg‘ona, Namangan, Andijon  viloyatlri va Qo‘qon shahrida 1170 migrantlar va ularning oilalari bilan konsultatsiyalar o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan 2018 yil dekabridan 2019 yil mart oyiga qadar  mehnat migrantlari uchun  pilot markazlarini yaratish yuzasidan ushbu tashabbuslar faoliyatining natijalari bilan tanishish uchun Buyuk Britaniya elchixonasining vakillarining tashriflari tashkillashtirildi.

Elchixona vakillarining tashrifi doirasida mehnat migrantlari uchun Farg‘ona shahrida Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha byurosini, shuningdek, Andijon, Namangandagi pilot markazlariga tashrif buyurdilar, bu erda ular Byuro xodimlari va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari bilan uchrashdilar, mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazida olib borilgan ishlarning natijalarini muhokama qildilar.

Ekspertlar ta’kidlaganlaridek, mehnat migratsiyasi jarayonini optimallashtirish uchun ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarining savodxonlik va kasbiy tayyorlik darajasini oshirish, barcha mintaqalarda tilga oid tayyorgarlik bo‘yicha ochiq markazlarni yaratish zarur.

Bundan tashqari, boshqa mamlakatlarga chiqib ketayotganlar va boshqa mamlakatlarda (uzoq muddat) bo‘lib/yashab qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish uchun samarali mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida hisobga olish va qayd qilish tizimini takomillashtirish hamda joriy qilish zarur. Shuningdek, oilalarning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini barqarorligini ta’minlash uchun mehnatga oid migrantlarning oilalari bilan ishlash darkor.