E-SUD Farg‘ona vodiysida joriy qilinmoqda

Tue Apr 25 00:00:00 UTC 2017

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini joriy qilishni yanada kengaytirishga bag‘ishlangan maxsus treninglar o‘tkazilib, ularda 130 nafarga yaqin tinglovchilar, shu jumladan, sudlar raislari, sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarining kanselyariyalari mudirlari, kommunal xizmat va soliq inspeksiyasi xodimlari hamda advokatlar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlar BMT Taraqqiyot dasturi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud qo‘shma loyihasi doirasida tashkil qilindi.

Ushbu samarali hamkorlikning muhim yutuqlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida tegishli ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reestri (www.reestr.uz) tomonidan davlat ro‘yhatiga olingan E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimidir (http://v3.esud.uz/).

Hozirgi kunda mazkur axborot tizimi orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga ariza va da’vo arizasi, iltimosnoma va boshqa hujjatlar bilan elektron murojaat qilish mumkin.

E-SUD axborot tizimi sudlarga ariza, da’vo arizasini elektron ravishda yuborish, sud qarorlari va boshqa rasmiy xabarnomalarni elektron tarzda qabul qilish, ishlab chiqilgan namuna va andozalar asosida sud hujjatlari va qarorlarini avtomatik tayyorlash, fuqarolik ishlarini sud’yalar o‘rtasida avtomatik taqsimlash, sud hujjatlari yagona ma’lumot bazasini avtomatlashtirish, tasdiqlangan shaklga binoan sud hisobotlarini tuzish kabi afzalliklarga ega.

Boshqacha aytganda, E-SUD fuqarolar va yuridik shaxslar vakillariga vaqt va mablag‘ni tejash, ariza holatini kuzatib borish, fuqarolik ishi to‘g‘risidagi ma’lumotni tez va qulay yuklab olish imkoniyatini beradi. Sud’yalar o‘z navbatida, axborot tizimi tufayli arizalar bilan ishlash samarasini oshirish, takrorlanadigan vazifalarni bartaraf qilish hamda fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqishda qaytariladigan jarayon va harakatlarni avtomatlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Treninglar doirasida sud tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari hamda me’yoriy-huquqiy asosi, E-SUD axborot tizimini yaratishga turtki bo‘lgan omillar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, tinglovchilar milliy axborot tizimining rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati, erishilgan yutuqlar va yangi modul va servislar ishlab chiqish borasida rejalar, shuningdek, E-SUDning boshqa axborot tizimlari va resurslari bilan o‘zaro bog‘langanlik darajasi bilan tanishishdi.

Treninglarda axborot tizimida ishlashni o‘rgatishga alohida e’tibor berildi. Ishtirokchilarga E-SUD va foydalanuvchi “shaxsiy kabinet”iga kirish, ro‘yhatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish, arizalar, da’vo arizalari hamda ularga biriktirilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi atroflicha tushuntirildi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan parametrlar bo‘yicha sud ishlarini izlash va hisobotlar tuzish kabi asosiy xizmatlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joizki, E-SUD axborot tizimini yanada kengroq joriy qilish uchun kerak bo‘lgan material-texnik bazani ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarni qo‘shimcha komp’yuter anjomlari bilan jihozlash hamda Internet tarmog‘iga ulash bilan bog‘liq zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo va Jizzah viloyatlari tumanlararo sudlarida ichki hisoblash tarmoqlari joriy qilinib, kerakli kommutatsiya jihozlari, sud’yalar va kotiblar ish stansiyalari Internet tarmog‘i (TAS-IX)ga ulandi hamda E-SUD axborot tizimidan foydalanish uchun zarur shart-sharoit yaratildi.

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve