“Demo Day” startapchilarning bozorga chiqishi uchun boshlang‘ich maydon bo‘ldi

Thu Dec 01 00:00:00 UTC 2016

“Demo Day” yoki “Startap – tashabbuslari”nomli startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining yakunlovchi tadbiribir vaqtning o‘zida Dasturning final qismiga yetib kelgan 13 ta loyiha uchun yangi bosqichning ibtidosiga aylandi. Tadbir natijalariga ko‘ra, oltita loyiha investorlar va manfaatdor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borayotgan bo‘lib, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, uch oy g‘oyalar ustidagi tinimsiz mehnat, nazariyalar tekshiruvi, minimal ishchi mahsulotni ishga tushirish kabi ishlardan so‘ng, “Demo Day” Dastur ishtirokchilariga o‘z loyihalarini rivojlantirishlari uchun manfaatdor tashkilotlarni hamkorlikka jalb etish imkonini yaratib berdi.

Dasturda universitetlarning talabalari va professor-o‘qituvchi tarkiblari ishtirok etgani hisobga olib, “Demo Day” tadbirini ta’lim instituti bilan biznes uchrashgan o‘ziga xos maydon sifatida talqin etish mumkin. Ishtirokchilar o‘z g‘oyalari, bilimlari bilan o‘rtoqlashgan bo‘lsalar, biznes sohasi ekspertlari esa tajriba va tavsiyalarini bayon etishdi. Har bir taqdimot  foal muhokamalar, savollar va javoblar sessiyalari hamrohligida o‘tdi.

Taklif etilgan mehmonlarning baholashlari natijalariga ko‘ra, g‘oyaning dolzarbligi, biznesni ommalashtirish imkoniyatlari nuqtai nazaridan uchta eng yaxshi loyiha aniqlandi. Mehmonlarning fikricha, eng yaxshi loyiha sifatida “SMS Ona”, “Light by Knowledge” va “Manzil” g‘oyalari loyiq deb topildi.

- Bu kun jamoamiz uchun uzoq tayyorgarlik ko‘rib kelgan o‘ta mas’uliyatli kun bo‘ldi. Bizning loyihamiz eng yaxshi deb topilgani to‘g‘ri yo‘nalishni tanlaganimizdan darak beradi, - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi “Light by Knowledge” loyihasi rahbari Yoqut Sharipova.

- Biz g‘oyamizni o‘zimiz uchun emas, balki O‘zbekistonning sog‘lom aholisi uchun amalga oshirish niyatidamiz, - deydi “SMS Ona” loyihasi muallifi Ro‘zimurodErkinov. – G‘oyamizning mohiyati o‘zbek tilida O‘zbekistonning barcha hududlari, ayniqsa chekka joylaridagi yosh onalar va homilador ayollarni homilardorlikning kechishi, bolaning bir yilgacha rivojlanishi haqida foydali ma’lumotlar yuborishdan iborat.

- Biznes yuritish haqida ko‘proq bilishni, omadli tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib, ularning tajribasini o‘rganishni istaganim uchun aynan shu dasturga qiziqish bildirdim, - deya qayd etdi “Manzil” loyihasi rahbari Shuxrat Agzamov. – Bizda avval ham startapni ishga tushirish tajribasi bo‘lgan – bu dovezu.uz mobil ilovasi edi. Uni ishga tushirayotganimizda biznes haqida bilimga ega bo‘lmaganmiz va ko‘p holatlarni hisobga olmaganmiz. Hozirda biz bumasalaga professional yondashib, yaxshi natijalarni kutyapmiz.

Tadbirda so‘zga chiqqan Savdo-sanoat palatasining Raisi Alisher Shayhov, O‘zbekistondagi BMTTD Doimiy vakili Stefan Prisner va O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Allanlar ta’kidlab o‘tganlaridek, tadbirkorlik faoliyatida yoshlarning ishtiroki yangi g‘oyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Aytib o‘tish joizki, mazkur tashabbus O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekiston biznes forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi doirasidagi inklyuziv biznes modellarini ilgarisurish yo‘nalishining bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda. Loyihaning mazkur yo‘nalishi yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning bandligini ta’minlash, mamlakat aholisining farovonligini oshirish kabi maqsadlarga bag‘ishlangan. Dasturga Janubiy Afrikaning “Sasol” kompaniyasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Evropa Ittifoqining “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

Finalga chiqqan loyihalar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot mahsus tayyorlangan broshyurada keltirilgan. Loyiha yangiliklarini Facebook ijtimoiy tarmog‘ida kuzatib boring: “Startap-tashabbuslari” dasturi, “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)”.

BMTTD BMTTD dunyoda

A

Afgʻoniston Albaniya Angola Argentina Armaniston

B

Bahrayn Bangladesh Barbado Belarus Beliz Benin Birlashgan Arab Amirliklari Boliviya Bosniya va Gertsogovina Botsvana Braziliya Burindi Burkina-Faso Butan

C

Chad Chernogoriya Chili

D

Dominikan Respublikasi

E

Efiopiya Ekvador Ekvatorial Gvineya Eritreya Eron Esvatini

F

Falastin halqiga yordam dasturi Filippin

G

Gabon Gaiti Gambiya Gana Gayana Gonduras Gruziya Gvatemala Gvineya Gvineya-Bisau

H

Hindiston

I

Indoneyzia Iordaniya Iroq Respublikasi

J

Janubiy Afrika Janubiy Sudan Jazoir Jibuti

K

Kabo-Verde Kamboja Kamerun Keniya Kipr Kolumbiya Komor Orollari Kongo Demokratic Respublikasi Kongo Respublikasi Koreya Demokratik Respublikasi Kosovo Kosta-Rika Kot-d'Ivuar Kuba

L

Laos Halq Demokratik Respublikasi Lesoto Liberiya Livan Liviya

M

Madagaskar Malavi Malayziya Maldiv Mali Markaziy Afrika respublikasi Marokash Mavrikiy va Seyshel Mavritaniya Meksika Misr Moldova Mongoliya Mozambik Muanma

N

Namibiya Nepal Niger Nigeriya Nikaragua

O

O'zbekiston Ozarbayjon

P

Panama Papua Yangi Gvineya Paragvay Peru

Q

Qirg'iziston Qozog'iston Quvayt

R

Rossiya Federatsiyasi Ruanda

S

Salvador Samoa ko'pdavlatli ofisi San-Tome va Principiya Saudiya Arabistoni Senegal Serbiya Sharqiy Timor Shimoliy Makedoniya Shri-Lanka Sierra-Leone Somali Sudan Surinam Suriya

T

Tanzaniya Tayland Tinch okeani mintaqasi Togo Tojikiston Trinidad va Tobago Tunis Turkiya Turkmaniston

U

Uganda Ukraina Urugvay

V

Venesuela Vyetnam

X

Xitoy Xorvatiya

Y

Yaman Yamayka

Z

Zambiya Zimbabve