
Press-relizlar
-
“Startap Tashabbuslari” dasturi yana avj olmoqda
20-noy, 2019
Bugun yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturining to'rtinchi davri boshlandi. Tanlov natijalariga ko'ra Toshkent shaxridan 43 ta startap loyihalari "Startap Tashabbuslari" dasturining to'rtinchi davrida ishtirok etadilar.
-
O'zbekistonda energiya samaradorligini oshirish yo'lida.
4-noy, 2019
A one-day Business forum on energy efficient and low-carbon solutions will be organized within the framework of the joint Project of UNDP/GEF and Ministry of Construction of the Republic of Uzbekistan “Market Transformation for Sustainable Rural Housing in Uzbekistan”.
-
BMTTD maʼmurining maxsus maslahatchisi Orolboʻyi mintaqasida harakatlarni kuchaytirishga chaqirmoqda
25-okt, 2019
Orolboʻyi BMTTD va Oʻzbekiston hukumati tomonidan ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilindi
-
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining savdosini barqarorligini ta`minlashda Latviya tajribasi o`rganib chiqilmoqda
18-okt, 2019
Tashrifning asosiy maqsadi Latviyaning davlat organlari va xususiy kompaniyalar bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tajriba va ma’lumotlar almashish, Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotining (Good Agricultural Practice) zamonaviy talablarini tatbiq qilish, «GLOBALG.A.P.» standartining asosiy tamoyillari va yer, suv va biologik manbalardan barqaror foydalanish masalasining tartiblari bilan tanishish, Latviya va Evropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bozoridagi meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy marketing kanallarini o‘rganish va shuningdek, umumiy olganda, meva va sabzavot bozorini rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan munozaralar o‘tkazishdir.
-
“Oʻzbekistonda elektron sudlov: bugungi holati va 2025 yilga qadar rivojlantirish istiqbollari” xalqaro konferentsiyasi
27-sen, 2019
Yevropa va osiyolik taniqli ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekistonda hozirgi kunga qadar elektron sudlov, xususan, E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini rivojlantirish borasida erishilgan natijalar va tizimni yanada takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
-
Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish
26-sen, 2019
26 sentabr, 2019 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi binosida Hukumat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va YuNESKOning qo`shma loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
-
Bosh rejalarni ishlab chiqishda zamonaviy yondashuv
5-sen, 2019
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston hukumatiga qishloq aholisini atrof muhitga zarar keltirmaydigan qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlashda ko‘maklashib kelmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qishloq joylarida uy-joy qurilishi jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan yerdan unumli foydalanishni ta'minlaydigan barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tish masalasi ko‘tariladi. Bunga shahar va qishloqlar bosh rejalarini ishlab chiqishda samarali va innovatsion yechimlarni kiritish orqali erishish mumkin, chunki hududlarning shaharsozlik rivojlanishi aholi uchun barqaror hayotni yaratish jarayonining asosiy bosqichlaridandir.
-
Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqishda samarali strategiya ishlab chiqishda eksportyorlarning salohiyatlarini oshirish
30-avg, 2019
BMTTD hamda Rivojlanayotgan Mamalakatlardan Yevropa Ittifoqiga Importni Ilgari Surish Markazi (Niderlandlar) va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va Tashqi Savdo Vazirligi hamkorligida 21-23 avgust kunlari mobaynida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarining 50dan ziyod davlat va xususiy sektor vakillari uchun Yevropa davlatlari bozorlariga mahsulotlarni sotishda eksport marketingining zamonaviy vositalaridan foydalanish boʻyicha trening oʻtkazildi.
-
2030 yilgacha boʻlgan davrda Global rivojlanish kun tartibi doirasida korruptsiyaga qarshi kurashish
27-avg, 2019
2019 yilning 21-23 avgust kunlari Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurash” loyihasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida “2030 yilgacha boʻlgan davrda Global rivojlanish kun tartibi doirasida korruptsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi trening oʻtkazildi.
-
Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish: imkoniyatlar va istiqbollar
27-avg, 2019
Iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni keng muhokama qilish uchun 2019 yilning 22 avgust kuni BMTTD koʻmagida Toshkent agrar universitetining Nukus filialida “Iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha yaxshi baholangan qishloq xoʻjalik choralarini keng qoʻllashni ragʻbatlantirish uchun meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish / takomillashtirishda ekspert bilimi va yordami” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningda qayd etildi.