Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi bo’yicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi

27-January, 2022

Surat: Tanlov posteri

Mazkur tanlov BMT Taraqqiyot Dasturi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Yevropa Ittiffoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishi  va barqaror rivojlanish” loyihasi doirasida o’tkazilmoqda.

Tanlov maqsadi: Markaziy Osiyo talaba va izlanuvchilari oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikni mustahkamlash, ularda suv-energetika-oziq-ovqat xavfsizligi va sogʼliqni saqlash yoʼnalishlarining iqlim oʼzgarishiga oʼzaro bogʼliqligi bo’yicha koʼnikmalarini oshirish, hamda Fargʼona vodiysida ro’y beradigan iqlim oʼzgarishi xavflarini tahlil qilishni ragʼbatlantirish.

Ishtirokchilar ilmiy maqolani “Suv-energetika-oziq-ovqat xavfsizligi va sogʼliqni saqlash yoʼnalishlarining iqlim oʼzgarishiga oʼzaro bogʼliqligi” yo’nalishida topshirishi talab etiladi.

Tanlovning to’liq shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kimlar ishtirok etishi mumkin

Oʼzbekiston, Qirgʼiziston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalarining bakalavr va magistratura talabalari, doktorant va izlanuvchilari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar onlayn tarzda mazkur havola yoki competition1@tiiame.uz elektron pochtasi orqali 2022 yil 1 martga  qadar qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari 2022 yil 23 mart kuni Toshkent shahrida Butunjahon suv kuni munosabi bilan o’tkaziladigan tadbirda e’lon qilinadi. Barcha g’oliblar tashkilotchilar tomonidan Toshkent shahrida o’tkaziladigan tadbirga taklif etiladi.

Har bir mamlakatdan aniqlangan g’oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o’rin uchun – Noutbuk (15,6)

2-o’rin uchun – Planshet (Samsung Galaxy Tab)

3- o’rin uchun – Tashqi xotira (Hard disk 1 TB)

Qo’shimcha nominatsiyalar (3 ta mamlakat uchun umumiy)

Ayol kishi tomonidan yozilgan eng yaxshi maqola -  Planshet (Samsung Galaxy Tab)

Iqlim oʼzgarishi oqibatlarini yumshatish, iqlimga chidamlilikni oshirishda ayollarning roli bo’yicha eng yaxshi maqola  -  Planshet (Samsung Galaxy Tab)

Murojaat uchun telefon: +998 99 929 78 45