Pandemiya girdobidan munosib mehnat sari: bandlik xizmatlari uchun yangi sinovlar va imkoniyatlar

19-August, 2021

Photos: UNDP Uzbekistan

2021 yil 16-17-avgust kunlari «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va hududiy bandlik boshqarmalarining 70 nafar hodimlari uchun “Pandemiya girdobidan munosib mehnat sari: bandlik xizmatlari uchun yangi sinovlar va imkoniyatlar” mavzusida ikki kunlik xalqaro amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar maqsadi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (14 ma'muriy boshqarmadan, shu jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan) vakillariga tajriba hududlarida ish beruvchilarga ham, ish qidiruvchilarga ham bandlikni rag'batlantirish, kasbga o'qitish, mehnatni tekshirish, migrantlarni jo'nashdan oldin o'qitish va reintegratsiya qilish kabi sohalarda ko'rsatiladigan xizmatlar bo’yicha salohiyatini oshirish edi.

Vazir maslahatchisi, Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi direktori E. Gorbunova ta'kidlaganidek:

“Bu seminar vazirlik va hududiy bo'linmalar xodimlarining jamoaviy ishlashi uchun yaxshi muloqot maydonchasi va imkoniyatidir, shuningdek, amaliy ko'nikma va salohiyatni, shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatishda ularning ish samaradorligini oshiradi. Vazirlikning mintaqaviy bo'linmalaridan tegishli vakillarni jalb qilib, O'zbekistonning chekka qishloq joylaridagi mutaxassislarga kerakli bilim va ko’nikmalarni уеtkazish imkoniyatiga erishish rejalashtirilmoqda”.

Seminar davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri birinchi o’rinbosari E.Muhitdinov bilan “Mehnat organlarini rivojlantirish strategiyasi 2030” mavzusida brifing bo’lib o’tdi va unda vazirlik xodimlariga bandlik sohasidagi mamlakatimizning uzoq muddatli strategik ustuvorliklari borasida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, vazirlikning mas’ul xodimlari o’z faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha taqdimot qilib, unda mehnat inspektsiyasi, tadbirkorlarga subsidiyalar va grantlar berish, ishsizlarni kasbga o'qitish, chet elda mehnat muhojirlarini qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq masalalarni yoritib berishdi.

 Seminarda ma’ruzachilar sifatida ushbu loyihaning milliy konsultantlari B.To’rayev kuchli jamoani shakllantirish bo’yicha va O.Eshmatov jamoatchilik bilan kommunikatsiyalar bo’yicha ma’ruzalar bilan so’zga chiqishdi.

«O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan Rossiya Federatsiyasi hukumatining moliyaviy ko’magi asosida amalga oshirilmoqda.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun:

99 800 61 70, Mavjuda Mirzayeva, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Matbuot xizmati rahbari

93 397 75 99, Bexzod Umarov, “Oʼzbekistonda yoshlar bandligiga koʼmaklashish” loyihasining jamoatchilik bilan ishlash boʼyicha assistenti