BMT Bosh kotibi yordamchisi va BMTTDning Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha Mintaqaviy byurosi (EMMB) direktori O‘zbekistonga tashrif buyuradi

10-June, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yil 10 iyun – Miryana Spolyarich Egger xonim, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMTTD ma'muri yordamchisi va BMTTDning Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktori 2021 yilning 14-16 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

O‘z tashrifi davomida Spolyarich Egger xonim BMTTD va Hukumat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish hamda BMTTD O‘zbekistonning ijtimoiy yo‘naltirilgan, yashil va barqaror rivojlanishini, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi sharoitida, qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Hukumatining yuqori lavozimdagi rahbarlari va hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. BMTTD iqtisodiy siyosatning aniq chora-tadbirlarini hamda boshqaruv, ijtimoiy himoya, yashil iqtisodiyot va raqamlashtirishga – «Barqaror Rivojlanish Maqsadlarnini (BRM) itarguvchi kuch» deb e'tirof etilgan to‘rt sohaga investisiyalarni birlashtirish orqali BRMning tadbiq qilinishini yanada rivojlantirish bo‘yicha Hukumatning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Seshanba, 15 iyun kuni, Spolyarich Egger xonim Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi ayollarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish mavzusi bo‘yicha Forumda ishtirok etadi. 16 iyun kuni esa Spolyarich Egger xonim «Ishga marhamat» Monomarkaziga uskunalarni topshirish marosimida qatnashadi.