“Terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda yoshlarning o’rni” mavzusidagi xalqaro videokonferensiyasiga arizalar qabul qilinmoqda

16-February, 2021

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Osiyoda o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha Kengashi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda joriy yilning 18-fevral kuni soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan) Toshkent shahrining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida  “Terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni” mavzusida xalqaro videokonferensiyasi jonli va masofaviy (onlayn va oflayn) shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maqsad – Osiyoda o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha Kengashi, ShHT, MDH va BMTga a’zo mamlakatlarning yoshlari o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishishga e’tiborni yanada kuchaytirish, shuningdek birgalikda samarali faoliyat olib borishga jalb qilish.

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari  agentligi, Osiyoda o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Jinoyat va giyohvandlik bo‘yicha BMT Markaziy Osiyo mintaqaviy boshqarmasi.

Ushbu videokonferensiya 4ta sessiyaga bo‘linib, unda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

 I SESSIYA

Yoshlar orasida terrorizm va radikallashuvga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari: xalqaro va milliy jihatlar

II SESSIYA

Fuqarolik jamiyati institutlarining yoshlar orasida radikalizm, ekstremizm va terrorizm qarshi kurashishdagi o‘rni

III SESSIYA

Ekstremizm va terrorizmning oldini olishda yoshlar tashkilotlarining o‘rni va innovatsion yondashuvlari

IV SESSIYA

Internet tarmog‘ida va ommaviy axborot vositalarida zo‘ravonlikka asoslangan ekstremizmining oldini olish

Mazkur videokonferensiyada ShHT, MDH, BMTTD (UNDP), YXHT, BMTGMJB (UNODC), GIZ va Osiyoda o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha Kengashi xalqaro tashkilotlari rahbarlari, milliy va xalqaro darajadagi ekspertlar, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlovchi organlar, yoshlar va xalqaro tashkilotlar vakillari (jami 200 nafar) ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Xalqaro videokonferensiyada tinglovchi sifatida ishtirok etish uchun bu yerda ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.