Ozon qatlami himoyachilari Monreal protokoli mukofotiga daʼvogarlik qilmoqdalar

22-February, 2021

2021-yil 19-fevral. Toshkent, Oʻzbekiston – Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi yer yuzida hayot faoliyatining mavjud boʻlishida oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan ozon qatlamini himoya qilish va saqlash sohasida yaqindan hamkorlik qilmoqdalar. 2016-yilda Oʻzbekiston ozon qatlamini himoya qilishga qoʻshgan hissasi uchun BMTning atrof-muhit boʻyicha dasturining (YUNEP) Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari (YMO) uchun Ozon qatlamini himoya qilish boʻyicha mintaqaviy tarmogʻining 16 ta mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining gidroxloroftoruglerodlar (GFXU) va gidrofloruglerodlarga (GFU) nisbatan savdo cheklovlari va taqiqlarni kiritishda muhim rol oʻynayotganliklarini eʼtirof etadi. Bu kimyoviy moddalarning har ikki guruhi xladagent va koʻpiklashtiruvchi moddalar sifatida keng qoʻllaniladi.

Bu yil Davlat ekologiya qoʻmitasi xodimlari bojxona qoʻmitasidagi hamkasblari bilan birgalikda yana bir bor “2019-2020 yillarda YMO mamlakatlari Monreal protokolining V mukofoti”ga nomzod boʻlishdi. Bu esa Oʻzbekistonning atrof-muhitni himoyalash va muhofaza qilish borasida mintaqaviy va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga bel bogʻlaganini yana bir bor koʻrsatib beradi. Bu sohadagi boy tajriba Ozonni yemiruvchi moddalar toʻgʻrisidagi Monreal protokoli doirasida mamlakatning xalqaro majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq masalalarda Oʻzbekistonning nufuzini oshirishga yordam beradi.

Davlat ekologiya qoʻmitasining taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Monreal protokoliga qatʼiy amal qiladi hamda bugungi kunda Davlat ekologiya qoʻmitasi, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) va Global ekologik jamgʻarmasi (GEJ) ning «Oʻzbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati boʻlmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerod (GXFU) ni butunlay isteʼmoldan chiqarish» hamkorlikdagi loyihasi doirasida tizimli va samarali ish olib borilmoqda. Bu esa, 2030-yilgacha ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni isteʼmoldan butunlay chiqarib tashlashga yordam beradi.

Ushbu mukofot mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashi barobarida bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari jamoatchiligining xabardorligini oshiradi. Shuningdek, ushbu tashabbus bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻplab ekologik bitimlarga rioya qilinishini keng jamoatchilik tomonidan tan olinishida va inson salomatligini muhofaza qilish va sayyoramizni kelajak avlodlar uchun saqlashda muhim rol oʻynaydi.