Orol dengizining qurigan tubida oʻtkazilgan ikkita ekspeditsiyaning natijalari eʼlon qilindi

16-December, 2020

Photos: UNDP Uzbekistan

2020 yilning 16 dekabr kuni Markaziy Osiyoning Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasi Ilmiy-axborot markazining BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtirilgan Qoʻshma dasturi doirasida Orol dengizining qurigan tubiga 2019-2020 yillarda boʻlib oʻtgan ikkita ekspeditsiyasi natijalari boʻyicha onlayn tarzda davra suhbati boʻlib oʻtdi.  

-          BMTTD ekologik jihatdan aziyat chekayotgan mintaqani innovatsion yechimlar mintaqasiga aylantirish bo'yicha yangi yondashuvlarni ilgari surish orqali Orol dengizi mintaqasida yashovchi aholining ehtiyojlarini qondirish maqsadida milliy va mintaqaviy hukumat bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor, - ta’kidladi o'zining qutlov nutqida O'zbekistondagi BMTTDning doimiy vakili o'rinbosari Doina Munteanu.

Orol dengizini yoʻqolishi 2,5 million gektari Oʻzbekiston hududida boʻlgan qariyb besh million gektar qurigan maydon oʻrnida Orolqum tuz choʻlini yuzaga kelishiga olib keldi.   Mazkur maydon beqaror ekologik tizimdan iborat boʻlib, ham atrof muhitga, hamda mahalliy aholi salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda. Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish, hudud aholisining hayot sharoiti va turmush sifatini yaxshilash 2017-2021 yillarda Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu bilan birga, dasturni amalga oshirish uchun asos yaratishda u yerdagi ekologik falokat zonasini hozirgi holati, yuz berayotgan oʻzgarishlar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish darkor. Shu maqsadda barqarorlikni buzilishining tabiiy jarayonlaridan tashqari keskin antropogen bosim ham mavjud boʻlgan qurigan tubni monitoringi oʻtkazildi.

Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasining Ilmiy-axborot markazini 2019 yil kuzi va 2020 yil bahorida ikki bosqichda oʻtkazilgan ekspeditsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi boʻyicha Ilmiy Markaz vakillari, hamda ekologiya, tuproqshunoslik, gidrogeologiya, dendrologiya, botanika va geoaxborot tizimi sohasidagi mutaxassislar ishtirokida oʻtkazildi. Tadqiqotlar oʻtkazilgan maydonning umumiy qamrovi Chinkdan to Akpetkaning orol tizimigacha, hamda suvning qisqargan joyidan to dengizning tarixiy belgisigacha boʻlgan 1,2 million gektarni tashkil etdi.

Qurigan dengiz tubi monitoringi va tuprogʻi tahlili beqaror ekologik zonalarni aniqlash va xatarli hududlar boʻyicha haritani tuzish imkonini berdi. Shuningdek, qurigan moddali jinsdagi tuproq qatlamini shakllanish jarayoni tadqiq etildi, tuproqni baholash va tasniflash oʻtkazildi, tuproq haritasi shakllantirildi. Quyidagilar ekspeditsiyaning boshqa muhim natijalari orasidan joy oldi:

- gidrogeologik vaziyat va kuzatuv tarmogʻi holati oʻrganildi, qoʻshimchalar kiritish zarurati aniqlandi;

- oʻsimliklarning geobotanik tavsifi oʻtkazildi, oʻsimliklar gerbariysi toʻplandi, oʻsimliklar qoplamasini shakllanishi va saqlanishi asoslari oʻrnatildi;

- oʻrmonlashtirish jadalligini baholash imkonini beruvchi oʻrmon daraxtlari holatini ilmiy va dala tadqiqotlari oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, 2005 yildan to 2011 yilgacha Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasining Ilmiy-axborot markazi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan kosmik fotosuratlar maʼlumotlaridan foydalangan holda tuproq, gidrogeologik va geobotanik tadqiqotlarni qamrab olgan majmuaviy ekspeditsiyalarni oʻtkazgan edi.

 

Bu galgi ekspeditsiyalar oʻsha vaqtdagi sunʼiy yoʻldosh suratlarini qayta tahlil qilish usullarini aniqlash,  geoaxborot tizimining mavzuli hududiy haritasini tayyorlash, oxirgi 10 yilda landshaftlar va xatar zonalari tasnifidagi oʻzgarishlarni solishtirish imkonini berdi. Bir vaqtni oʻzida oʻtkazilgan masofaviy kuzatuvlar va GPSdan foydalangan holda ishlab chiqilgan va asoslangan geoaxborot tizimi haritalarining toʻplangan maʼlumotlari  nafaqat landshaftlarni oʻzgarishini baholash, balki kelajakda oʻrmon qoplamasi holatini fazodan turib yanada aniqroq monitoringini oʻtkazish  uchun yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini berdi.

Davra suhbati davomida taʼkidlanganidek, olingan maʼlumotlar qurigan tubdagi tabiiy landshaftlarni shakllanishi boʻyicha jarayonlarni oʻrganish uchun noyob imkoniyatni bermoqda. Qolgan 1,5 million gektarni qamrab oluvchi tadqiqotlarni yakuni oldin oʻtkazilgan monitoringlar maʼlumotlarini umumlashtirish va dengizning qurigan tubini geoaxborot tizimini yaratish imkonini beradi, natijada  u ushbu hududda ekologik innovatsiyalarni joriy qilish boʻyicha kelgusidagi barcha ishlar uchun ishonchli asos boʻlib xizmat qiladi. Ekspeditsiyalar boʻyicha  batafsil axborot va xulosalar 2021 yilda bosmadan chiqadigan “2019-2020 yillarda dengizning qurigan tubi monitoringi” nashrida taqdim etiladi.

Tadqiqotlar BMTning Orolboʻyi hududi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllabgʻquvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson  xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” BMTTD-YuNESKOning qoʻshma dasturi doirasida oʻtkazildi. Ekspeditsiyalar yakunlari boʻyicha, loyihani amalga oshirish mobaynida, oʻrmonlashtirish sohasida, jumladan, Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi filiallari va Tahtakoʻpirdagi yaylov kooperativlarining institutsional infratuzilmasi va mutaxassislarining texnik koʻnikmalarini kuchaytirish rejalashtirilgan.  

Mazkur tadbirlar qumni mustahkamlash jarayonlarini yaxshilash, tuz va changni chegaraboʻyi zonalariga yoyilishini qisqartirishga qaratilgan. Uzoq muddatli istiqbolda oʻrmonlashtirish boʻyicha ishlar hududda ekologik muvozanatni yaxshilaydi, shu asnoda mahalliy aholi salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, qulay mikroiqlim va  atmosfera holatini yaratadi, tuproqdan namni bugʻlanishini qisqartiradi va hayvonot olami sonini oshishi va erkin harakat qilishi uchun sharoitlar yaratadi.