Nogironlik masalalari bo'yicha tashkilotlarning kichik ijtimoiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tanlovining g’oliblari aniqlandi

10-November, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

O'zbekistonda 90 ga yaqin nodavlat va notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadi va o'z kuchlarini nogironligi bor insonlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, moslashtirish va huquqlarini himoya qilishga yo'naltirib kelishmoqda. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, ayniqsa koronavirus pandemiyasi paytida ushbu nodavlat notijorat tashkilotlari o'zlarining ijtimoiy loyihalari va tashabbuslarini, amalga oshirish uchun moliyaviy va texnik yordamga muhtoj.

Shu munosabat bilan, 2020 yil 14 avgustdan 15 sentyabrgacha BMTning Ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturining 3-komponentini amalga oshirish doirasida nogironlik masalalari bo'yicha tashkilotlarning kichik ijtimoiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tanlovi o'tkazildi.

Tanlov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyaga kirish imkoniyatlarini oshirish va ularning ijtimoiy hayotning turli jabhalarida ishtirok etishini ta'minlash, shuningdek, KOVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironligi bor insonlar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga innovasion yondashuvlarni amalga oshirish maqsadida e'lon qilingan.

Ushbu tanlov BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi doirasida o’tkazilgan bo’lib, asosiy maqsadlariga nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning jamoat hayotining turli jabhalariga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, kiradi.

Tanlov doirasida nogironligi bor insonlar manfaatlarini ilgari surish bo'yicha turli g'oyalarni aks etgan 37ta loyiha arizalari qabul qilindi va ulardan 11 nafari g’olib deb topildi (g’olib tashkilotlar ro'yxati 1-jadvalda keltirilgan). Har bir ariza tanlov shartlariga muvofiq BMTTD, YuNISEF bolalar jamg'armasi va Xalqaro mehnat tashkiloti vakillaridan iborat baholash komissiyasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Taqdim etilgan loyihalarni ko'rib chiqishda baholash komissiyasi quyidagi mezonlarga asoslandi:

- Loyihaning amalda qo‘llanilishi

- Tanlov ishtirokchisi tashkilotining nogironlik bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli guruhlarning aniq muammolarini hal qilishga ta’sirini kuchaytirish

- Loyihaning dolzarbligi  va nogironlik masalalari bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yangicha yondashuv

- Loyihaning barqarorligi

Bundan tashqari, quyidagilar hisobga olindi:

- Belgilangan muddatda loyihani to‘liq amalga oshirish uchun ijrochilarning malakasi

- Ushbu loyihada ishtirok etuvchi tashkilotning hissasi (ham moddiy, ham moliyaviy)

- Grantlar bilan ishlash tajribasiga egaligi (belgilangan maqsadlarga erishish va moliyaviy hisobot talablarini bajarish ijobiy grant tarixi mavjudligi)

Baholash natijasida komissiya 11 ta ijtimoiy loyihani ma'qulladi, ularni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 54 000 AQSh dollar miqdorida grant mablag'lari ajratiladi. G’olib tashkilotlar ro'yxati quyidagi jadvalda keltirilgan.

1-jadval. BMTning Ijtimoiy himoya bo'yicha qo'shma dasturining nogironlik masalalari bo'yicha tashkilotlarning kichik ijtimoiy tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tanlovi g'olib tashkilotlarining ro'yxati

Tashkilot

Loyiha

1

Qibray tumani nogironligi bor ayollar jamiyati "Opa-Singillar"

Nogironligi bor yoshlarni ta'lim olish va ularning ijtimoiy va kasbiy mahoratini rivojlantirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash

2

Toshkent shahar “Sharoit plyus” nogironligi bor insonlar jamoat birlashmasi

Nogironligi bor odamlarni ish bilan ta'minlash uchun ixtisoslashgan ishga olish veb-portalni yaratish

3

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi

Ijodiy ustaxonada darslarni tashkil etish orqali nogironligi bor bolalarni ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va kasbga yo'naltirish

4

"Zamin" xalqaro jamoat fondi

Ijtimoiy va ma'rifiy videofilmlarni yaratish orqali eshitish qobiliyati cheklangan bolalar hayotidagi muhim jihatlar to'g'risida jamoatchilik xabardorligini oshirish

5

"MILLENNIUM" nogironligi bor yoshlar ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiya markazi

COVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironligi bor insonlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat ijtimoiy xizmatlarini amalga oshirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining ochiqligini jamoatchilik tomonidan monitoring qilish

6

“Inklyuziv jamiyat” nogironligi bor insonlarning jamoat birlashmasi

Onlayn dastur yordamida nogironligi bor insonlarni buxgalteriya hisobi va kompyuter savodxonligiga o'rgatish

7

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi qoshidagi “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi”

Maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova yordamida nogironlgi bor insonlarning huquqiy madaniyatini oshirish

8

Respublika ijodkor yoshlar kengashi

Nogironligi bor ijodkor yoshlarning jamiyatga integratsiyasini ta'minlash

9

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Farg'ona viloyati filiali

Teatrlashtirilgan tadbirlar orqali nogironligi bor yoshlarni jamiyatga integratsiyasini ta’minlash

10

O'zbekiston savdo-sanoat palatasi

“Hunarmand” hunarmandlari uyushmasi a'zolari bo'lgan nogironligi bor hunarmandlarni mahsulotlarini ilgari surishlari uchun zamonaviy usullarda, elektron savdo maydonchalarida va ijtimoiy tarmoqlarda o’qitish

11

Rossiya oliy o'quv yurtlarining O’zbekistonlik bitiruvchilarining respublika nodavlat jamoat birlashmasi

Nogironligi bor odamlarga kasbiy mahorat va ko'nikmalarni o'rgatish, ularga pul ishlash imkoniyatlarini yaratish va ular uchun uyda ishlashni tashkil etish

BMTning qo'shma dasturi BMTning uchta agentligi - YuNISEF, XMT va BMTTD tomonidan amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy vazifalari - O’zbekiston hukumatiga aholi butun hayoti davomida qulay bo'ladigan ijtimoiy himoya tizimini yaratishda qo'llab-quvvatlash, shu bilan iqtisodiy o'sishni inklyuzivligini oshirish, qashshoqlikni kamaytirish va inson kapitalini rivojlantirishga yordam berish uchun BMT kollektiv tajribasi, salohiyatidan foydalanish va o’z navbatida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdir.