Orolbo‘yi mintaqasi uchun tizimli innovatsion loyihalar portfelini amalga oshirish tajribasi

13-October, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

BMTTD va Innovatsion rivojlanish vazirligi Orolbo‘yi mintaqasini Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish tashabbusi doirasida tizimli innovatsiyaviy loyihalar portfelini amalga oshirish tajribasi bo‘yicha birgalikda o‘quv tadbirini o‘tkazishdi.

Joriy yilning 7-8 oktyabr kunlari, BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Orolbo‘yi mintaqasini Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun tizimli innovatsiyaviy yondashuvni amaliy tadbiq qilish bo‘yicha virtual o‘quv tadbirini birgalikda o‘tkazishdi. O‘quv tadbiri “Zoom” ilovasi orqali amalga oshirildi, shu tariqa ijtimoiy masofalanish ta'minlandi hamda O‘zbekistonning barcha hududlaridan qatnashchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik maqsadlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Orolbo‘yi mintaqasida BMTTD tomonidan ko‘mak berilayotgan tashabbuslarda tizimli innovatsiyaviy yondashuv tadbiq etilmoqda. Bunday yondashuv mintaqadagi atrof muhit va bir qator zaiflik omillarining ta'siri ostiga tushib qolishi mumkin bo‘lgan aholi uchun ijobiy va keng qamrovli natijalarga erishishga yordam beradi hamda mazkur hududni tabiiy ofat munosabati bilan yodga olinadigan mintaqadan Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirishga ko‘maklashadi.

O‘quv tadbiri ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lgan yangi texnologiyalarni hamda boshqa natijalar qatorida tabiiy manbalardan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish, cho‘llanishning oldini olish va mehnat muhojirligini cheklash vositalarini ishlab chiqish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda o‘zaro bog‘liq innovatsiyaviy loyihalar portfelini shakllantirish amaliyotiga hissa qo‘shdi. Muvaffaqiyatga erishilgan holatda ushbu tajribaviy yechimlarni tadbiq etish ko‘lami keyinchalik milliy va xalqaro darajalarda kengaytirilishi mumkin.

Xalqaro muxatassis Efrat Yovel xonim va Orolbo‘yi mintaqasida BRMni integratsiya qilish bo‘yicha tashabbusning millik muvofiqlashtiruvchisi Ravshan Yunusov rahbarliklari ostidagi o‘quv tadbiri xozirgi vaqtda Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan 38ta loyihadan iborat boshlang‘ich ro‘yxatdan dastlab tanlab olingan 24ta loyihadan iborat loyihalar portfelini amalga oshirish tajribasiga bag‘ishlandi.

O‘quv tadbirining birinchi kuni tizimli innovatsiyaviy yondashuvga qisqacha ta'rif berish, uni tadbiq qilish yo‘lidagi ehtimoliy to‘siqlarni aniqlash, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish hamda barqaror va o‘zaro bog‘liq loyihalar portfelini yaratishdagi ehtiyojlarni ko‘rib chiqish kabi masalalardan boshlandi.

O‘quv tadbirining birinchi kuni tizimli innovatsiyaviy yondashuvga qisqacha ta'rif berish, uni tadbiq qilish yo‘lidagi ehtimoliy to‘siqlarni aniqlash, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish hamda barqaror va o‘zaro bog‘liq loyihalar portfelini yaratishdagi ehtiyojlarni ko‘rib chiqish kabi masalalardan boshlandi.

O‘quv tadbirida 40 nafarga yaqin milliy va xalqaro darajadagi mutaxassislar qatnashdilar, jumladan loyihaning O‘zbekistondagi BMTTDdan va Innovatsion rivojlanish vazirligi boshchiligidagi milliy sheriklardan vakillari, shuningdek nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Mintaqadagi innovatsiyalarning yo‘nalishlari suv manbalarining boshqaruvini takomillashtirish, energiya samaradorligini ta'minlash va qishloq xo‘jaligi yuritishning zamonaviy uslublarini tadbiq etish, hayot darajasini oshirish, tabiiy resurslarni muxofaza qilish, infratuzilmani rivojlantirish va jamoatlar barqarorlini ta'minlash kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga qamrab oladi.