Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlaridan arizalarni qabul qilish muddatlari 15 sentyabrgacha uzaytirildi!

3-September, 2020

Images: UNDP Uzbekistan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘zaro tashabbusi Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari kichik biznes vakillaridan Biznesni integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilganini xabar qiladi.

Arizalar 2020 yil 15 sentyabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, dastur kichik korxonalarning raqobatdoshligini oshirish, ularning samaradorligini oshirish va o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida ularni konsul'tativ va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan (10,000 AQSh dollarigacha grant mablag‘lari)

Treninglar va konsalting xizmatlari, shuningdek individual kouching maslaxatlari O‘zbekistonning tajribali mutaxassislari tomonidan asosiy biznes-vazifalarni hal etish, strategik rejalashtirish, marketing, operasion va moliyaviy menejment kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi

Dastur uch bosqichdan iborat va 3 oy mobaynida davom etadi:

I-bosqich: tanlab olingan korxonalar uchun onlayn shaklda treninglar o‘tkaziladi.

II-bosqich: korxonalar uchun konsalting va shaxsiy kouching maslahatlari beriladi.

III-bosqich: ishtirokchi kompaniyalarga ularning biznes g‘oyalari/loyihalarini amalga oshirish uchun 10 ming AQSh doll. miqdorigacha ekvivalentda beg‘araz texnik ko‘mak olish imkoniyati beriladi

Tanlovda ishtirok etish shartlari va mezonlari:

Dasturda ishtirok etish uchun, quyidagi mezonlarga mos keladigan, kichik biznes vakillari onlayn shakldagi arizani to‘ldirishlari yoki elektron pochta orqali skaner qilingan shaklni yuborishlari talab etiladi

Ishtirokchilar uchun asosiy talablar:

•         O‘zbekiston rezidenti tomonidan asos solingan, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatga olingan yuridik shaxs shaklidagi kichik biznes sub'ekti;

•         Quyidagi keltirilgan sohalar bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddat ichida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;

•         Ishchilar soni 5 dan 50 gacha bo‘lishi;

•         Soliq va boshqa to‘lovlar, olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yo‘qligi;

•         Amalga oshiriladigan reja / loyihaning 20% dan kam bo‘lmagan qismini moliyalashtirish imkoniyati mavjudligi

Shuningdek, ishtirokchilar 2020 yil sentyabr oyidan shu yilning dekabr oyiga qadar treninglar va individual kouching maslahatlarini olish uchun 32 soat o‘quv mashg‘ulotlariga vaqt ajratishga tayyor bo‘lishlari zarur

Taqdim etiladigan hujjatlar:

•         To‘ldirilgan ariza shakli;

•         Ro‘yxatgan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi

Ayollar yoki 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan asos solingan, yoki ayollar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratadigan kichik biznes turlari nomzodlarni tanlashda afzallikka ega bo‘ladi

Dasturda tanlov asosida ishtirok etish mutlaqo bepul

Hujjatlar bu yerda onlayn tarzda to‘ldirilishi yoki skanerlangan shaklda  ibs@chamber.uz  elektron pochtasiga yuborilishi lozim

Ariza shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin

Ma'lumot uchun telefon: 1094

Biznesni integratsiyalashgan holda qo‘llab-quvvatlash dasturi Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya hukumatlari moliyaviy ko’magida BMTTD va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida BMTTD va Savdo-sanoat palatasi tomonidan amalga oshirilmoqda.