BMT Taraqqiyot dasturi jurnalistlar va blogerlar orasida tanlov e’lon qiladi

18-August, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi barcha jurnalistlarni "Yashil qurilish – barqaror iqtisodiy  rivojlanish garovi" mavzusidagi mualliflik materiallari tanlovida qatnashishga taklif etadi. Eng yaxshi uch nafar maqola mualliflari diplomlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar

Tanlov tashkilotchilari, ommaviy axborot vositalari va jamoat e'tiborini energiya tejaydigan uy-joylarning ahamiyati, shuningdek, loyiha faoliyatini yoritishga qiziqishni uyg'otishga hamda aholining atrof-muhitga bo’lgan e’tibori va energiya tejamkorlik haqida xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan.Ochiq tarzdagi tanlov «yashil» qurilish mavzusiga  yangicha  nazar solishga imkon beradi. Ushbu tanlov iste'dodli va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan qalam sohiblari uchun o'ziga xos "tramplin" sifatida xizmat qilibgina qolmay, nafaqat tanlov doirasida, balki ushbu yo'nalishni o'rganish va yoritishga ilhomlantirishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish shartlari oson bo'lib: turli xil formatdagi 2020 yilning 1 yanvardan 25 sentyabrga qadar bosma yoki onlayn tarzda nashr qilingan quyidagi materiallar qabul qilinad:

-       Maqolalar;

-       Video;

-       Radio- yoki telereportajlar;

-       Interv'yular;

-       Izohlar;

-       Insho va boshqalar

Tanlovda qatnashish uchun materiallarning mualliflari nashrlarining tasdig’i sifatida (gazeta/jurnal sahifasi nusxasi, internet-manbaning havolasi va skrinshoti, televideniya/radioda materialning chiqarilgan sanasi va vaqti ko'rsatilgan ma'lumotnoma) taqdim etishlari lozim. Audio/video materiallar fayl uzatuvchiga joylashtirishlari kerak bo'lib, unga bo’lgan yo’llanmani ro’yhatdan so’ng olishlari mumkin.

Materiallar o'zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida topshirilishi mumkin. Ishtirok etish uchun elektron arizani to'ldirish va tanlov materiallari bilan birga  2020 yilning 1 oktyabrga qadar contest.uz@undp.org pochta manziliga jo’natish lozim

Vakolatli hay'at a’zolari tanlov natijalarini 2020 yil 15 oktyabrda e'lon qiladi va g'oliblar 2020 yil 22 oktyabrda mukofotlanadilar.

____________________________________________________________________

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi / GEF va O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi hamkorligidagi “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joy qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» qo'shma loyihasi qariyb to`rt yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Loyihaning eng asosiy maqsadi - O'zbekiston qishloq aholisini obodonlashtirilgan, arzon va ekologik toza uylar bilan ta'minlashdan iboratdir. Hozirgi kunga qadar 22 turdagi energiya tejamkor uylar loyihalari ishlab chiqishilgan va bu loyihaning muhim yutug'i bo'lib, bunday uy-joylarning butun respublika bo'ylab ommaviy ravishda qurilishi uchun turtki bo'lib kelmoqda (bugungi kunga qadar 15010 ta uy qurib topshirilgan). Loyihaning tajribasi tufayli Qishloq joylarida arzon uy-joylarni qurish bo'yicha Davlat dasturi ishlab chiqarilgan

Aloqa uchun:

Otabek Murodov, Vakolatli komponent rahbari

Tel: + 99890 996 21 23