Posted on July 30, 2020
Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi
Biz va Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʼzaro tashabbusi doirasida kichik biznes vakillarini Biznesni integratsiyalashgan qoʼllab-quvvatlash dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Dastur doirasida treninglar va konsalting xizmatlari, shuningdek individual kouching maslaxatlari Oʼzbekistonning tajribali mutaxassislari tomonidan asosiy biznes-vazifalarni hal etish, strategik rejalashtirish, marketing, operatsion va moliyaviy menejment kabi yoʼnalishlarda amalga oshiriladi.
Dastur uch bosqichdan iborat va 3 oy mobaynida davom etadigan ikki siklda oʼtadi.
I-bosqich: tanlab olingan korxonalar uchun onlayn shaklda treninglar oʼtkaziladi.
II-bosqich: korxonalar uchun konsalting va shaxsiy kouching maslahatlari beriladi.
III-bosqich: ishtirokchi kompaniyalarga ularning biznes gʼoyalari/loyihalarini amalga oshirish uchun 10 ming АQSh doll. miqdorigacha ekvivalentda begʼaraz texnik koʼmak olish imkoniyati beriladi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari va mezonlari:
Dasturda ishtirok etish uchun, quyidagi mezonlarga mos keladigan, kichik biznes vakillari onlayn shakldagi arizani toʼldirishlari yoki elektron pochta orqali skaner qilingan shaklni yuborishlari talab etiladi.
Ishtirokchilar uchun asosiy talablar:
• Oʼzbekiston rezidenti tomonidan asos solingan, Namangan va Samarqand viloyatlarida roʼyxatga olingan yuridik shaxs shaklidagi kichik biznes subʼekti;
• Quyidagi keltirilgan sohalar boʼyicha ikki yildan kam boʼlmagan muddat ichida faoliyat yuritayotgan boʼlishi;
• Ishchilar soni 5 dan 50 gacha boʼlishi;
• Soliq va boshqa toʼlovlar, olingan kreditlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorlik yoʼqligi;
• Аmalga oshiriladigan reja / loyihaning 20% dan kam boʼlmagan qismini moliyalashtirish imkoniyati mavjudligi.
Shuningdek, ishtirokchilar 2020 yil avgust oyidan shu yilning dekabr oyiga qadar treninglar va individual kouching maslahatlarini olish uchun 32 soat oʼquv mashgʼulotlariga vaqt ajratishga tayyor boʼlishlari zarur.
Аrizalar qoʼyidagi sanalarda qabuli qilinadi:
Arizalar 2020 yil 31 avgust, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Вasturimizda Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
• Toʼldirilgan ariza shakli;
• Roʼyxatgan oʼtganlik toʼgʼrisida guvohnoma nusxasi;
• Ishchilar soni toʼgʼrisida maʼlumotnoma;
• Korxonaning moliyaviy holati toʼgʼrisida maʼlumot (oxirgi 2 yil uchun balans va moliyaviy hisobotlar nusxalari).
Muhim: Аyollar yoki 35 yoshgacha boʼlgan yoshlar tomonidan asos solingan, yoki ayollar va yoshlar uchun ish oʼrinlari yaratadigan kichik biznes turlari nomzodlarni tanlashda afzallikka ega boʼladi.
Dasturda tanlov asosida ishtirok etish mutlaqo bepul.
Hujjatlar skanerlangan shaklda ibs@chamber.uz elektron pochtasiga yuborilishi lozim.
Аriza shaklini va ishchilar soni toʼgʼrisida maʼlumotnomani bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun telefon: 1094.
Biznesni integratsiyalashgan holda qoʼllab-quvvatlash dasturi Yaponiya hukumatining moliyaviy koʼmagi hisobidan amalga oshirilmo