BMTTD qishloq xo'jaligi kooperativlari va agroklasterlarga biznes loyihalar tanlovini e'lon qiladi

2-July, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Savdo sanoat palatasi hamda BMTTD hamkorligida Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» va BMT Taraqqiyot dasturining Yaponiya hukumatining moliyaviy ko'magi bilan amalga oshirilayotgan "COVID-19" ga tezkor javob berish loyihalari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativlari va qishloq xo'jaligi klasterlari uchun biznes-loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

Asosiy maqsad

Mazkur tanlovning va grantlar ajratilishining asosiy maqsadi qishloq xo‘jalik kooperativlari va agroklasterlariga, shuningdek, aholining ximoyasiz qatlamlariga ayollar, yoshlar va kichik fermerlar orasida ishga joylashish va daromad topish imkoniyatlarini oshirish orqali “COVID-19” pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatishga ko‘maklashishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan xo‘jaliklar

Tanlov qatnashchilari o‘z loyihalarini taklif etish paytigacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan, o‘zaro hamkorlik shartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jalik kooperativlari yoki agroklasterlari bo‘lishi lozim.

Mazkur tanlov hamda uning asosida texnik yordam ko‘rsatish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona vodiysi hududida amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqqan holda, tanlov qatnashchilari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida) joylashgan (ro‘yxatdan o‘tgan) bo‘lishlari kerak.

Taklif etiladigan biznes loyihalar yo‘nalishlari

Tanlovda qatnashish uchun taklif etilayotgan biznes loyihalar qishloq xo‘jalik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib xisoblanuvchi quyidagi faoliyat yo‘nalishlaridan birini yoki ulardan bir nechtasini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin:

-  meva va sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash faoliyatlari;

-  chorvachilik faoliyati va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash;

-  parrandachilik faoliyati va parrandachilik maxsulotlarini qayta ishlash;

-  baliqchilik faoliyati va baliqchilik maxsulotlarini qayta ishlash;

-  asalarichilik faoliyati va asalarichilik maxsulotlarini qayta ishlash;

-  yuqoridagi faoliyatlar uchun materiallar, maxsulotlar, xom-ashyo va qadoq idishlar ishlab chiqarish faoliyatlari;

-  yuqoridagi yo‘nalishlarda maxsulot yetishtirish, yig‘ib olish, saqlash va eksport qilish jarayonlarida xizmatlar ko‘rsatish.

Biznes loyihalarni moliyalashtirish

Tanlab olingan har bir biznes loyiha uchun ko‘rsatiladigan texnik yordam miqdori (ajratiladigan grant summasi) 40 000 (qirq ming) AQSh dollariga teng bo‘ladi.

Biz ko‘rsatiladigan texnik yordam (beriladigan grant) biznes loyihada amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyat uchun ishlab chiqarish uskunalari va texnikalari sotib olib berish orqali amalga oshiriladi. 

Tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir ishtirokchi maxsus ishlab chiqilgan “Biznes loyiha strukturasi va mazmuni” deb nomlanuvchi biznes reja shakli asosida (shakl ilova qilinadi) o‘z loyihalarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi. Hozirda karantin cheklovlari davom etayotganligini inobatga olgan holda barcha biznes rejalar imzo va muhr orqali tasdiqlagan holda, skaner qilinib, internet orqali (elektron pochta yoki telegramm ilovasi orqali) topshirilishi mumkin. 

Murojaat uchun manzil: Namangan shaxri, Usmon Nosir kuchasi, 7-uy. Namangan viloyat savdo-sanoat palatasi binosining 2-qavati. Murojaat uchun telefon: +998 93 501-51-66, elektron manzil: bakhtiyorjon.toshtemirov@undp.org

Telegramm ilova orqali murojaat uchun raqam: +998 90 302-57-40 (Toshtemirov Baxtiyorjon – Komponent menejeri).

Ko'proq ma'lumot