Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida ozon qatlami bilan tanishing

21-May, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Joriy yilning 5 iyun' sanasi – ozon qatlami to‘g‘risida hamda uni muhofaza qilishga qanday yordam berishingiz mumkinligi haqida ko‘proq bilib olish uchun eng yaxshi vaqtdir.

Agar kimdir sizga ayni shu lahzada Zoom dasturi orqali qo‘ng‘iroq qilib, ozon qatlami nima vazifa bajaradi, deb so‘rasa, siz qat'iy bir javob bera olasizmi? Yordam berishimiz mumkin, uning vazifasi Yerni quyoshdan himoya qiluvchi vositaga biroz o‘xshaydi.

Quvonchli xabar shundan iboratki, Yerning himoya ozon qatlamidagi «tuynuklar» borgan sari kamaymoqda, va stratosferaning ushbu juda muhim qismi 2060 yilga kelib to‘liqligicha tiklanishi mumkinligiga umid bor. Lekin, hali ko‘p ishlarni bajarish lozim va biz hammamiz bu haqda ko‘proq bilim olish va tegishli choralar ko‘rish orqali mazkur jarayonda ishtirok etishimiz mumkin.

Bu yilgi kelayotgan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni - 5 iyun' sanasida, biz barcha istovchilarni ozon qatlami nima uchun juda ahamiyatli ekanligi va nima sababdan himoyaga muhtojligi to‘g‘risidagi o‘z bilimlaringizni tekshirib ko‘rish uchun bizga onlayn tarzda qo‘shilishga taklif qilamiz. Biz shuningdek gidroxlorftoruglerodlarning (GXFU) tashlanmalarini cheklash bo‘yicha sa'y-harakatlarni yo‘naltirish orqali ozon qatlamini muhofaza qilishga ko‘mak berish maqsadida amalga oshirilayotgan O‘zbekistondagi BMTTDning GXFUni foydalanishdan bosqichma-bosqich chiqarish loyihasi qanday ish olib borishi to‘g‘risida hamda har birimiz ushbu natijaga erishish uchun qanday yordam berishimiz mumkinligi haqida ma'lumot beramiz.

Joriy yildagi Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining mavzusi «Tabiat uchun vaqt» deb nomlanadi. Ushbu o‘ziga xos, favqulotda zamonimizda biz o‘zimizni ehtiyot qilishimiz uchun avval tabiatimizni ehtiyot qilishimiz kerakligini o‘rganmoqdamiz. Kelayotgan butunjahon miqyosidagi tadbir to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotni quyidagi manzil orqali olish mumkin www.worldenvironmentday.global.