Biznesni rejalashtirish samaradorlikni oshirish muhim vositasidir

5-March, 2020

UNDP Uzbekistan image

Kuni kecha Farg‘ona vodiysi shaharlari bo‘ylab Savdo sanoat palatasi hamda BMTTD hamkorligida Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida biznes tashabbus guruhlari, Yoshlar ittifoqi va Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi vakillari uchun biznes reja tuzish va marketing bo‘yicha treninglar o‘tkazdik.

Hech kimga sir emaski, puxta ishlangan biznes-reja kelajakda muvaffaqiyatli biznesning zaminidir. Tinglovchilarmiz mavzuga oid turli tushunchalarga ega bo‘lishlariga qaramasdan o‘zlari uchun mavzudan qiziqarli jihatlarini to'pa olishdi. Ishtirokchilarimiz orasida biznes asoslarini endigina o‘rganayotgan yoshlar, yillar davomida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan ishbilarmonlar hamda o‘z tajribalarida kredit olish va boshqa imtiyozlardan foydalanuvchi eksportchilar ham tahsil oldilar. Shu asosda, kichik guruhlarda ishlash orqali ular nafaqat mavzuga kirisha olishdi, balki samarali tajribaga ham ega bo‘lishdi. Misol uchun, guruhlarda pomidorlarni qayta ishlash, sabzavotlar saqlash joylarini barpo etish, biogumus ishlab chiqarish, pomidorlarni seleksion navlarini yaratish, mevalarni quritish va gilosni eksport qilishga oid loyihalar ustida katta qiziqish bilan ishlandi.

Qatnashchilar jahon va mamlakatimiz amaliyotiga oid namunalari asosida, amaliy misollar video materiallar yordamida biznes-rejaning tuzilishi va texnologik tarkibiy qismi, biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish bo‘yicha marketing tadqiqotlari, moliyaviy reja va moliyalashtirish manbalari, biznesdagi xavf va xatarlarni boshqarish kabi modullari bilan yaqindan tanishdilar.

Kaydzen bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonini qanday tashkil etiladi, Monte-Karlo usulidan qanday foydalaniladi, venchur kompaniyalari nega kerak ligi borasidagi misollar, biznesni rejalashtirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni yaxshiroq tushunishga yordam berdi.

"Men biogumus ishlab chiqaradigan zavod ochishni rejalashtirmoqdaman", deydi andijonlik ishtirokchimiz, masalan, Rossiyada bunday zavod katta foyda keltiradi, talab ham katta, ishlab chiqarish xom ashyosi umuman muammo emas, qolaversa ishlab chiqarish texnologiyasi ham oddiy. O‘ylagandimki, uskunalarni olib kelaman, o‘rnataman va ishlab chiqrishni boshlab yuboraman deb, ammo seminarda qatnashib, nimani va qanday ishlab chiqarishni bilishning o‘zi yetarli emasligin, hamma narsani sinchkovlik bilan o‘rganib, toshu tarozuga qo‘yib ko‘rishim kerakligini anglab yetdim. Qilingan hisob-kitoblardan tashqari, mijozim kim ekanligi, mahsulotim xaridorgirmi, uni boshqalarnikidan yaxshiroqligini qanday isbot qilaman, xarajatlarim o‘zini qayachon oqlashini ham puxta o‘ylab ko‘rishim kerak ekan. Agar siz sarmoyaningiz foyda keltirishini istasangiz unda biznesni rejalashtirish va marketing izlanishlar juda muhimligini tushuinib yetishingiz zarur».

Trening yakunida, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda o‘z loyihalarining biznes rejalarini ishlab chiqdilar, eng maqbullari xakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

BMTTDning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirish borasidagi faoliyati 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi hamda BMT a’zo davlatlari qabul qilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

***

«Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi Rosssiya Federatsiyasining moliyaviy k`omagida amalga oshirilmoqda.