Qoraqalpogʻistonning 21 ming nafardan ortiq aholisi ijtimoiy infratuzilma inshootlaridan foydalanish imkoniga ega boʻldilar

19-December, 2019

UNDP Uzbekistan image

2019 yilning 18 dekabr kuni Taxtakoʻpir tumanida  “Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi koʻmagida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilgan ijtimoiy infratuzilmaning uchta inshootini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Dastur doirasida qishloq aholisini asosiy ijtimoiy infratuzilmalardan foydalana olishini kengaytirishga yoʻnaltirilgan hamjamiyatlarni rivojlanish Rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun turli darajadagi tadbirlar oʻtkazildi. Aholi turmush darajasini rivojlantirish doirasida ushbu uslubiyatlarni ishlatilishi, ayniqsa, hamjamiyatlardagi ustuvor masalalarni hal qilishga taalluqli boʻlgan rejalashtirish va qarorlarni qabul qilishda mahalliy aholini interfaol ishtirokini qoʻllab-quvvatlayotgan Dastur tomonidan foydalanilayotgan noyob yondashuv hisoblanadi.  Hamjamiyatlar rivoji rejalarini oʻzining asosi sifatida ishlatayotgan Dastur chekkalarda joylashgan zaif aholi yashash joylaridagi hamjamiyatlar darajasida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish yoʻli bilan asosiy ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash uchun zarur boʻlgan koʻmakni taqdim etdi.

Bu yerda endi suv tashib yurishmaydi

Shu kundan boshlab “Qara oy” qishloq fuqarolar yigʻinining “Purxan-ozek” qishlogʻi aholisi suv olib kelish uchun qoʻshni ovullarga borishmaydi. Suvni oʻzi uylariga keldi. Loyihani amalga oshirish doirasida uzunligi 1,5 kilometr boʻlgan suv oʻtkazgich tizmasi oʻtkazildi va Tuyamoʻyin-Nukus-Taxtakoʻpir markaziy magistralga ulandi. Shunday qilib, 250 nafar inson toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega boʻldi. Suv kanalining tuman boʻlimi rahbari Asilbek Qorabolayev OAVga bergan intervyusida qayd etganidek:

-          2018 yildan beri tumanimizdagi toʻrtta aholi turar joyi“Makpalkol”, “Davqara”, “Xojamat ovul” va “Purxan-ozek”ning 4000 ming nafar aholisi toza ichimlik suviga yetishdilar. Ikkita suvni tozalash qurilmasi toʻliq tiklandi, yangi suv oʻtkazgich tizmalarining uzunligi 10 kilometrdan oshiqdir.

Bu yerda innovatsiyalar ham qoʻllanildi. Suv sifatining yuqori standartlarini taʼminlash uchun ikkita loyihada qaytuvchi osmos chuchuklashtirish tizimi joriy qilindi. Bu koʻp bosqichli tizim boʻlib, unda qaytuvchi osmos membranasi asosiy filtrlovchi unsur hisoblanadi. Suvdagi ifloslanishning katta qismini olib tashlash va qaytuvchi osmos membranasini muddatidan oldin ifloslanishdan ehtiyot qilish uchun oldindan tozalashning uchta bosqichi ishlatiladi. Bunday qurilmadan texnik foydalanishga qator talablar bor va ular uni qurishda inobatga olindi.

Oʻquvchilar qulayligi uchun yangi standartlar

“Garezsizlik” qishloq fuqarolar yigʻinidagi 6-son umumtaʼlim oʻrta maktabning oʻquvchilari uchun ham bu kun alohida mamnunlik keltirdi. Oʻquv muassasasida majlislar zali toʻliq taʼmirlandi, anjumanlar va sport zallarining tomini qayta tiklash ishlarib olib borildi.

-          Bizning maktabda 480 nafardan ortiq oʻquvchi taʼlim olmoqda. Sovuq va yomgʻirli mavsumda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish juda ham murakkab edi. Endilikda biz yaratilgan yangi sharoitlardan juda ham xursandmiz, tomdan boshqa chakka oʻtmayapdi, bolalar sport bilan toʻlaqonli shugʻullanish imkoniga ega boʻldilar. Yangi yil bayramini ham yangilangan majlislar zalida oʻtkazamiz. Oʻquvchilar bayram dasturini tayyorlashga kirishib ketdilar, - dedi 6-son maktabning direktori Oyshaxon Madreymova.

Kichkintoylarga gʻamhoʻrlik

“Janadarya” qishloq fuqarolar yigʻinida 11-son bolalar bogʻchasi joylashgan, bu yerda 60 nafarga yaqin bolakay dastlabki saboqlarni olmoqdalar. Muassasa toʻrtta binodan iborat, ulardan biri toʻliq taʼmirdan chiqdi.

-          Boz ustiga, dastur koʻmagida, bizning bolalar bogʻchamiz butun bir ovunchoqlarning majmuasi boʻlgan yangi oʻyin maydonchasini oldi. Bu yerda ham tepaliklar, ham turli xil argʻimchoqlar, qumdonlar va koʻplab boshqalar oʻrnatilgan, bularni bari tarbiyalanuvchilarni jismonan rivojlanishi bilan hamohang boʻlgan faol hordiq chiqarishlarini tashkil etish imkoniyatini berdi, - dedi tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbari Miyassar Allambergenova.

Bundan tashqari, Taxtakoʻpir tumanining eng aziyat chekkan ovullari aholisi elektr energiyasini toʻxtovsiz taʼminotiga ega boʻldilar. Elektr tarmogʻining tuman boʻlimi rahbari Azat Jumabekov OAV vakillari bilan muloqotda qayd etganidek:

-          Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan toʻxtovsiz elektr taʼminotini olishni yaxshilash boʻyicha ishlar olib borildi. Tumanimiz quvvati 160 va 250 kilovatt boʻlgan 5ta elektr transformatorini oldi, ular eskirgan transformatorlarning quvvati yetishmasligi sababli elektr taʼminotidagi doimo uzulishlar boʻlib turgan qishloqlarda muvaffaqiyat bilan oʻrnatildi.

 

Umuman olganda, Qoʻshma dastur koʻmagida 2017 yildan beri Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir, Moʻynoq va Shumanay tumanlaridagi 33ta ovulning 21 190 nafardan ortiq qishloq aholisining (49,5 foizi ayollar) turmush darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan 33ta infratuzilmaviy loyiha amalga oshirildi. Toza ichimlik suviga yetishish sohasida 8 484 nafar inson uchun asosiy ijtimoiy xizmatlar takomillashtirildi, 10 207 nafar odam endilikda elektr energiyasidan toʻxtovsiz foydalanish imkoniga ega boʻldilar. 2 181 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgan 4ta umumtaʼlim oʻquv muassasasida va 55 nafar bolakay tarbiyalanayotgan bitta maktabgacha taʼlim muassasasida toʻliq tiklash ishlari olib borildi.

BMTning Orolboʻyi mintaqasidagi Qoʻshma Dasturi 2016-2019 yillar davomida Orol inqirozi oqibatlarining eng koʻp salbiy taʼsir koʻrgan hududlardagi inson xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi. Birinchi navbatdagi vazifalar orasida - mahalliy aholi, umuman, hamjamiyatlarning turmushlari sifatini yaxshilash va daromad olish  imkoniyatlarini kengaytirish belgilangan edi.